Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Mo‘g‘uliston savdoni yengillashtiradi: qaysi tovarlarga bojlar pasayadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi
Gruzovie furi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Obuna bo‘lish
Imtiyozlar o‘zaro savdoning qariyb 90 foizini qamrab oladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi 22-iyuldan kuchga kiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bitimga muvofiq, har ikki tomon 367 tadan tovar pozitsiyasi uchun bojxona bojlarini bekor qiladi yoki kamaytiradi. Imtiyozlar qo‘llanadigan tovarlar o‘zaro savdo aylanmasining qariyb 90 foizini qamrab oladi. Hujjat uch yil amal qiladi va yana uch yilga avtomatik uzaytirilishi mumkin.
YeEK savdo vaziri Andrey Slepnyovning aytishicha, yangi tartib YeOII kompaniyalariga Mo‘g‘uliston bozoriga sut va qandolat mahsulotlari, konservalar, shokolad, ichimliklar, shuningdek, avtomobillar, maxsus texnika va metall mahsulotlarini imtiyozli shartlarda yetkazib berish imkonini beradi.

"O‘z navbatida, ittifoq bozorida Mo‘g‘ulistonning an’anaviy eksport mahsulotlari — go‘sht, kashmir, to‘qimachilik va boshqa tovarlar ko‘payishi kutilmoqda", — dedi Slepnyov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biznes bitim kuchga kirishini kutmasdanoq hamkorlikni faollashtirgan. 2026-yilning birinchi choragida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb uchdan birga oshgan.
Bitim 2025-yil 27-iyunda Minsk shahrida imzolangan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Rossiya i Mongoliya podpisali tamojennoe soglashenie ob uproshenii peremesheniya tovarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya va Mo‘g‘uliston tovarlar harakatini soddalashtirish bo‘yicha bojxona bitimi imzoladi
Yangiliklar lentasi
0