https://oz.sputniknews.uz/20260320/davlat-aktivlari-56405625.html
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. 20.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-03-20T12:07+0500
2026-03-20T12:07+0500
2026-03-20T12:07+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xususiylashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18173826_232:635:2743:2048_1920x0_80_0_0_4485b185282bcb44c480d8170e551531.jpg
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi. Tegishli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlari, jumladan, joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish bo‘yicha:Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi.Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.Qonun kuchga kirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250327/tadbirkor-davlat-mulk-sotish-48599389.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18173826_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_88f78258e64aae762e13c7009969e375.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, xususiylashtirish
iqtisod, o‘zbekiston, xususiylashtirish
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi
Soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi. Tegishli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlari, jumladan, joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish bo‘yicha:
bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori prezident bilan kelishilgan holda yer toifasini boshqa toifaga o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga "tasarruf etish huquqisiz" belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i bazasi etib belgilandi.
Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi.
Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.