https://oz.sputniknews.uz/20260721/ukraine-armiya-59168814.html
Oliy rada ombudsmani: jang qilayotganlar kamaymoqda, Ukraina armiyasi qog‘ozdagina o‘smoqda
Oliy rada ombudsmani: jang qilayotganlar kamaymoqda, Ukraina armiyasi qog‘ozdagina o‘smoqda
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Lubines safarbar qilinganlar frontga yetib bormasdan qochayotganini aytdi. Uning bahosiga ko‘ra, safarbarlik holatlarining 90 foizi qoidabuzarliklar bilan kechmoqda.
2026-07-21T13:06+0500
2026-07-21T13:06+0500
2026-07-21T13:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
korrupsiya
ombudsman
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59169205_0:0:2000:1125_1920x0_80_0_0_c07d42ee90dc4379ff0dcab3e455e240.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Ukraina armiyasi soni hujjatlarda ko‘paymoqda, ammo frontga yetib borayotgan va amalda jang qilayotgan harbiylar soni kamaymoqda. Bu haqda Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines Novyny.LIVE nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim safarbar qilinganlar harbiy komissiariat binolaridanoq qochadi. Boshqalar poligonga olib ketish vaqtida yoki harbiy tayyorgarlik joylarini tark etadi. Harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish holatlari ham ko‘p.Safarbarlikning 90 foizida qoidabuzarlik borLubinesning bahosiga ko‘ra, safarbarlik holatlarining faqat 10 foizida belgilangan tartiblarga to‘liq rioya etilmoqda. Qolgan 90 foizida esa turli qoidabuzarliklar kuzatilmoqda.Uning ta’kidlashicha, komissiariat harbiylari mustaqil ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, avtomobillarni to‘xtatish, blok-postlar o‘rnatish yoki odamni hech qanday tushuntirishsiz mashinadan tushirish huquqiga ega emas.Ombudsman Mudofaa vazirligidan safarbarlik tadbirlarida qatnashuvchi harbiylarga yuzini balaklava bilan yashirish va bo‘linmalarning tanib olish belgilarini olib tashlashni taqiqlashni so‘ragan. Bu qoidabuzarlik sodir etgan shaxsni keyinchalik aniqlash uchun zarur.Harbiy komissiariatdan chiqarish 20 ming dollargachaLubines komissiariat tizimidagi korrupsiya haqida ham gapirdi. Unga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushlangan kishini avtobusdan qo‘yib yuborish uchun 10 ming dollar, TSK binosidan chiqarish uchun esa 20 ming dollar talab qilinishi mumkin.Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘i bor fuqarolar pul to‘lab ozod bo‘ladi, bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar esa armiyaga yuboriladi. Qo‘yib yuborilgan kishini keyingi kuni yana ushlashlari ham mumkin.Og‘ir kasallarni ham xizmatga yaroqli deb topishganOmbudsman harbiy-tibbiy komissiyalar faoliyati yuzasidan minglab murojaatlar kelib tushganini bildirdi. Kasalliklari tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim fuqarolar ham harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan.Jumladan, uzoq yillardan beri ruhiy kasallik bilan yashab kelayotgan shaxs xizmatga yaroqli deb topilgan. Yana bir holatda OIV, B va C gepatitlari aniqlangan kishi to‘liq yaroqli deb baholanib, poligonda oshxona naradiga jalb qilingan.Jamiyatda norozilik kuchaymoqdaLubinesning ta’kidlashicha, safarbarlik tizimidagi vaziyat zudlik bilan o‘zgartirilmasa, fuqarolar va harbiy komissiariat xodimlari o‘rtasida kuch ishlatiladigan to‘qnashuvlar ko‘payishi mumkin.U Lvovda TSK xodimlarining harakatlariga qarshi yuz bergan ommaviy norozilikni bu xavfning dastlabki ko‘rinishlaridan biri deb atadi. Mojaroda 200 nafarga yaqin fuqaro qatnashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260625/ukraine-harbiylar-norozilik-58591166.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59169205_65:0:1842:1333_1920x0_80_0_0_b935af330bf9d8acf36fbf64e3afb550.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, korrupsiya, ombudsman, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, korrupsiya, ombudsman, ukraina
Oliy rada ombudsmani: jang qilayotganlar kamaymoqda, Ukraina armiyasi qog‘ozdagina o‘smoqda
Ombudsman Ukrainada safarbarlik korrupsiya va qonunbuzarliklar bilan kechayotgani, og‘ir kasallar ham armiyaga olinayotgani va jamiyatda kuch ishlatiladigan to‘qnashuvlar xavfi kuchayganini aytdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Ukraina armiyasi soni hujjatlarda ko‘paymoqda, ammo frontga yetib borayotgan va amalda jang qilayotgan harbiylar soni kamaymoqda. Bu haqda Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines Novyny.LIVE nashriga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim safarbar qilinganlar harbiy komissiariat binolaridanoq qochadi. Boshqalar poligonga olib ketish vaqtida yoki harbiy tayyorgarlik joylarini tark etadi. Harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish holatlari ham ko‘p.
"Armiyamiz hujjatlar bo‘yicha o‘smoqda. Ammo amalda jang qilayotganlar soni, aksincha, kamaymoqda", — dedi Lubines.
Safarbarlikning 90 foizida qoidabuzarlik bor
Lubinesning bahosiga ko‘ra, safarbarlik holatlarining faqat 10 foizida belgilangan tartiblarga to‘liq rioya etilmoqda. Qolgan 90 foizida esa turli qoidabuzarliklar kuzatilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, komissiariat harbiylari mustaqil ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, avtomobillarni to‘xtatish, blok-postlar o‘rnatish yoki odamni hech qanday tushuntirishsiz mashinadan tushirish huquqiga ega emas.
Ombudsman Mudofaa vazirligidan safarbarlik tadbirlarida qatnashuvchi harbiylarga yuzini balaklava bilan yashirish va bo‘linmalarning tanib olish belgilarini olib tashlashni taqiqlashni so‘ragan. Bu qoidabuzarlik sodir etgan shaxsni keyinchalik aniqlash uchun zarur.
Harbiy komissiariatdan chiqarish 20 ming dollargacha
Lubines komissiariat tizimidagi korrupsiya haqida ham gapirdi. Unga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushlangan kishini avtobusdan qo‘yib yuborish uchun 10 ming dollar, TSK binosidan chiqarish uchun esa 20 ming dollar talab qilinishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘i bor fuqarolar pul to‘lab ozod bo‘ladi, bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar esa armiyaga yuboriladi. Qo‘yib yuborilgan kishini keyingi kuni yana ushlashlari ham mumkin.
Og‘ir kasallarni ham xizmatga yaroqli deb topishgan
Ombudsman harbiy-tibbiy komissiyalar faoliyati yuzasidan minglab murojaatlar kelib tushganini bildirdi. Kasalliklari tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim fuqarolar ham harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan.
Jumladan, uzoq yillardan beri ruhiy kasallik bilan yashab kelayotgan shaxs xizmatga yaroqli deb topilgan. Yana bir holatda OIV, B va C gepatitlari aniqlangan kishi to‘liq yaroqli deb baholanib, poligonda oshxona naradiga jalb qilingan.
Jamiyatda norozilik kuchaymoqda
Lubinesning ta’kidlashicha, safarbarlik tizimidagi vaziyat zudlik bilan o‘zgartirilmasa, fuqarolar va harbiy komissiariat xodimlari o‘rtasida kuch ishlatiladigan to‘qnashuvlar ko‘payishi mumkin.
U Lvovda TSK xodimlarining harakatlariga qarshi yuz bergan ommaviy norozilikni bu xavfning dastlabki ko‘rinishlaridan biri deb atadi. Mojaroda 200 nafarga yaqin fuqaro qatnashgan.