https://oz.sputniknews.uz/20260625/ukraine-harbiylar-norozilik-58591166.html
“Harbiylar — davlat mulki”: FT Ukraina armiyasidagi norozilik haqida yozdi
“Harbiylar — davlat mulki”: FT Ukraina armiyasidagi norozilik haqida yozdi
Sputnik O‘zbekiston
Financial Times’ga ko‘ra, Ukraina harbiylari armiyadagi yangi shartnoma tizimi va davlat va’dalariga ishonmayapti. Ayniqsa, 2022-yilda yoki undan oldin xizmatga kirganlar islohotni tanqid qilmoqda.
2026-06-25T14:28+0500
2026-06-25T14:28+0500
2026-06-25T14:28+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
kiyev
ukraina
harbiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/19/58590701_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a369f4f9982fb5ad79f0ef4e5155322a.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Ukraina harbiylari armiyada rejalashtirilayotgan islohotlar bo‘yicha davlat va’dalariga ishonmayapti. Bu haqda "Financial Times" Ukraina Qurolli kuchlarining nomi oshkor etilmagan harbiy xizmatchilariga tayanib xabar berdi.Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Mixail Fodorov UQKda yangi shartnoma tizimi joriy etilishini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, shartnoma muddati tugaganidan keyin harbiy xizmatchiga safarbarlikdan kechiktirish huquqi beriladi — xizmat muddati qancha uzoq bo‘lsa, kechiktirish davri ham shuncha uzoq bo‘ladi.FT ta’kidlashicha, va’da qilingan islohotlar, ayniqsa, 2022-yilda yoki undan oldin xizmatga kirgan harbiylar orasida tanqidga uchragan. Ular uchun asosiy muammo — xizmat muddati va demobilizatsiya masalasida aniq kafolatlar yo‘qligi.Nashr suhbatlashgan harbiylardan biri fuqarolik hayotida harbiy xizmatchilariga “davlat mulki” sifatida qaralishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar harbiylarni ishga qabul qilishga shoshilmaydi.Fedorov avvalroq Ukraina jamiyatida safarbarlik jarayonidan norozilik borligini tan olgan. Ukrainaning “Strana.ua” nashri esa ukrainalik harbiy Kiyev markazida piket o‘tkazib, UQKdagi “qullik sharoitlari”dan shikoyat qilganini xabar qilgan edi.Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun 2024-yil 18-mayda kuchga kirgan. Biroq unda harbiy xizmatdan bo‘shatish muddatlari ko‘rsatilmagan.So‘nggi paytlarda Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Safarbarlik jarayoni va harbiy komissariat xodimlarining harakatlari esa mamlakatda muntazam bahs va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260510/ukraine-aholi-kamayish-57486771.html
kiyev
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/19/58590701_170:0:2899:2047_1920x0_80_0_0_218eda2fb53960b2d710ef2ec306c9b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, ukraina, harbiy
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, ukraina, harbiy
“Harbiylar — davlat mulki”: FT Ukraina armiyasidagi norozilik haqida yozdi
Nashrga ko‘ra, Ukraina harbiylari yangi shartnoma tizimi ularga demobilizatsiya bo‘yicha aniq kafolat berishiga shubha qilmoqda.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Ukraina harbiylari armiyada rejalashtirilayotgan islohotlar bo‘yicha davlat va’dalariga ishonmayapti. Bu haqda "Financial Times" Ukraina Qurolli kuchlarining nomi oshkor etilmagan harbiy xizmatchilariga tayanib
xabar berdi.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Mixail Fodorov UQKda yangi shartnoma tizimi joriy etilishini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, shartnoma muddati tugaganidan keyin harbiy xizmatchiga safarbarlikdan kechiktirish huquqi beriladi — xizmat muddati qancha uzoq bo‘lsa, kechiktirish davri ham shuncha uzoq bo‘ladi.
“Bir necha askar "Financial Times"ga islohot yillar davomida jang qilganlarga deyarli hech narsa bermaganini va davlat o‘z va’dalarini bajarishiga shubha qilayotganini aytdi”, — deb yozadi nashr.
FT ta’kidlashicha, va’da qilingan islohotlar, ayniqsa, 2022-yilda yoki undan oldin xizmatga kirgan harbiylar orasida tanqidga uchragan. Ular uchun asosiy muammo — xizmat muddati va demobilizatsiya masalasida aniq kafolatlar yo‘qligi.
Nashr suhbatlashgan harbiylardan biri fuqarolik hayotida harbiy xizmatchilariga “davlat mulki” sifatida qaralishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar harbiylarni ishga qabul qilishga shoshilmaydi.
Fedorov avvalroq Ukraina jamiyatida safarbarlik jarayonidan norozilik borligini tan olgan. Ukrainaning “Strana.ua” nashri esa ukrainalik harbiy Kiyev markazida piket o‘tkazib, UQKdagi “qullik sharoitlari”dan shikoyat qilganini xabar qilgan edi.
U, xususan, xizmat muddatini aniq belgilash va demobilizatsiya imkoniyatini joriy etishni talab qilgan.
Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun 2024-yil 18-mayda kuchga kirgan. Biroq unda harbiy xizmatdan bo‘shatish muddatlari ko‘rsatilmagan.
So‘nggi paytlarda Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Safarbarlik jarayoni va harbiy komissariat xodimlarining harakatlari esa mamlakatda muntazam bahs va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.