https://oz.sputniknews.uz/20260721/russia-chet-elliklar-fuqarolik-59175941.html
Rossiyada sudlanganligi bor chet elliklarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi
Rossiyada sudlanganligi bor chet elliklarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasiga ko‘ra, jinoyatning og‘irligidan qat’i nazar, sudlanganlik fuqarolik, vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki doimiy yashash guvohnomasini rad etish uchun asos bo‘ladi.
2026-07-21T19:02+0500
2026-07-21T19:02+0500
2026-07-21T19:02+0500
migratsiya
fuqarolik
rvp
rossiyada yashash guvohnomasi - vnj
chet el fuqarolari
yangi qonun
rossiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_0:77:770:510_1920x0_80_0_0_ad0e455eb654bfcbeb641b426761f5da.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi sudlanganligi bor chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya fuqaroligi hamda mamlakatda yashash huquqini bermaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi, yakuniy o‘qishda qabul qildi.Hujjatga ko‘ra, Rossiyada yoki boshqa davlatda sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki tugallanmagan shaxslar:— Rossiya fuqaroligini ola olmaydi;— vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma — RVP ola olmaydi;— ta’lim olish maqsadida RVP ola olmaydi;— doimiy yashash guvohnomasi — VNJ ola olmaydi.Bunda jinoyatning og‘ir yoki yengilligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Sudlanganlik ruxsatnoma berishni rad etish, avval berilgan RVP yoki VNJni bekor qilish, shuningdek, fuqarolikka qabul qilish haqidagi arizani rad etish uchun asos bo‘ladi.Qonun loyihasiga muvofiq, 14 yoshga to‘lgan chet el fuqarolari RVP yoki VNJ olish uchun ariza berganda sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.Agar shaxs sudlangan bo‘lsa, hujjatda u sodir etgan jinoyat haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:Ukraina fuqarolari uchun ikki yillik o‘tish davri belgilanadi. Shu vaqt davomida ular Rossiya organlariga sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishdan ozod qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260506/russia-migrantlar-rvp-vnj-57368665.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_90:0:770:510_1920x0_80_0_0_7bcbeeb30d52f973a1ad82ee27a38cc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, fuqarolik, rvp, rossiyada yashash guvohnomasi - vnj, chet el fuqarolari, yangi qonun, rossiya, migrantlar
migratsiya, fuqarolik, rvp, rossiyada yashash guvohnomasi - vnj, chet el fuqarolari, yangi qonun, rossiya, migrantlar
Rossiyada sudlanganligi bor chet elliklarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydi
Sudlanganligi olib tashlanmagan chet elliklarga fuqarolik, vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatnomasi bermaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi sudlanganligi bor chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya fuqaroligi hamda mamlakatda yashash huquqini bermaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi, yakuniy o‘qishda
qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, Rossiyada yoki boshqa davlatda sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki tugallanmagan shaxslar:
— Rossiya fuqaroligini ola olmaydi;
— vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma — RVP ola olmaydi;
— ta’lim olish maqsadida RVP ola olmaydi;
— doimiy yashash guvohnomasi — VNJ ola olmaydi.
Bunda jinoyatning og‘ir yoki yengilligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Sudlanganlik ruxsatnoma berishni rad etish, avval berilgan RVP yoki VNJni bekor qilish, shuningdek, fuqarolikka qabul qilish haqidagi arizani rad etish uchun asos bo‘ladi.
Qonun loyihasiga muvofiq, 14 yoshga to‘lgan chet el fuqarolari RVP yoki VNJ olish uchun ariza berganda sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.
Agar shaxs sudlangan bo‘lsa, hujjatda u sodir etgan jinoyat haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
Ma’lumotnoma ariza beruvchi fuqarosi bo‘lgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilishi va ariza topshirilgan paytda uch oydan eski bo‘lmasligi kerak.
Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
14 yoshga to‘lmagan bolalarga;
qochoq maqomini olgan shaxslarga;
Rossiyada siyosiy yoki vaqtinchalik boshpana olganlarga;
Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoki uning tarkibida jangovar harakatlarda qatnashgan chet elliklarga;
RVP yoki VNJ olishda bunday ma’lumotnomani avval taqdim etgan shaxslarga.
Ukraina fuqarolari uchun ikki yillik o‘tish davri belgilanadi. Shu vaqt davomida ular Rossiya organlariga sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishdan ozod qilinadi.