https://oz.sputniknews.uz/20260506/russia-migrantlar-rvp-vnj-57368665.html
Rossiyada 10 oydan kam ishlagan xorijliklar RVP va VNJdan ayrilishi mumkin
Rossiyada 10 oydan kam ishlagan xorijliklar RVP va VNJdan ayrilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi yil davomida 10 oydan kam ishlagan migrantlarning vaqtincha yashashga ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasini bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda.
2026-05-06T16:51+0500
2026-05-06T16:51+0500
2026-05-06T18:21+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
rossiya davlat dumasi
vacheslav volodin
rossiyada yashash guvohnomasi - vnj
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_0:77:770:510_1920x0_80_0_0_ad0e455eb654bfcbeb641b426761f5da.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi bir yil davomida 10 oydan kam ishlagan migrantlarning vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasini (VNJ) bekor qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini bahorgi sessiyada qabul qilishni rejalashtirmoqda.Bu haqda Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozir parlamentda migratsiya siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Rossiyada migrantlarning qonuniy bo‘lishi, bandligi va daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.Loyihada gap Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi — RVP yoki yashash guvohnomasi — VNJ olgan migrantlar haqida ketmoqda. Agar ular hujjat berilgan kundan boshlab bir yil ichida rasmiy ravishda 10 oydan kam ishlagan bo‘lsa, ushbu hujjatlarni bekor qilish taklif etilmoqda.Shuningdek, bu talab jismoniy shaxslarda shaxsiy, uy-ro‘zg‘or yoki boshqa shunga o‘xshash ehtiyojlar uchun ishlayotgan chet elliklarga ham tatbiq etilishi mumkin. Bunda ularning bandligi va qat’iy belgilangan avans to‘lovi shaklida JShDS to‘lagan davri ham hisobga olinadi.Hozircha bu norma qabul qilinmagan. Davlat dumasi uni bahorgi sessiya davomida ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260222/russia-daromad-past-migrant-patent-cheklanish-55876141.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_90:0:770:510_1920x0_80_0_0_7bcbeeb30d52f973a1ad82ee27a38cc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, rossiya, rossiya davlat dumasi, vacheslav volodin , rossiyada yashash guvohnomasi - vnj
migratsiya, migrantlar, rossiya, rossiya davlat dumasi, vacheslav volodin , rossiyada yashash guvohnomasi - vnj
Rossiyada 10 oydan kam ishlagan xorijliklar RVP va VNJdan ayrilishi mumkin
16:51 06.05.2026 (yangilandi: 18:21 06.05.2026) Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiyada bir yil davomida 10 oydan kam ishlagan migrantlarning vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi bekor qilinishi mumkin.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi bir yil davomida 10 oydan kam ishlagan migrantlarning vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasini (VNJ) bekor qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini bahorgi sessiyada qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin
ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozir parlamentda migratsiya siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.
“Jumladan, yil davomida 10 oydan kam ishlagan migrantlarning VNJ yoki RVPsini bekor qilish imkonini beruvchi normani joriy etish taklif etilmoqda. Uni bahorgi sessiya davomida qabul qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — deb yozdi Volodin o‘zining MAX messenjeridagi kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Rossiyada migrantlarning qonuniy bo‘lishi, bandligi va daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.
Loyihada gap Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi — RVP yoki yashash guvohnomasi — VNJ olgan migrantlar haqida ketmoqda. Agar ular hujjat berilgan kundan boshlab bir yil ichida rasmiy ravishda 10 oydan kam ishlagan bo‘lsa, ushbu hujjatlarni bekor qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek, bu talab jismoniy shaxslarda shaxsiy, uy-ro‘zg‘or yoki boshqa shunga o‘xshash ehtiyojlar uchun ishlayotgan chet elliklarga ham tatbiq etilishi mumkin. Bunda ularning bandligi va qat’iy belgilangan avans to‘lovi shaklida JShDS to‘lagan davri ham hisobga olinadi.
Hozircha bu norma qabul qilinmagan. Davlat dumasi uni bahorgi sessiya davomida ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.