Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina portlari va harbiy obyektlariga zarba berdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPusk raketi po vozdushnim selyam
Pusk raketi po vozdushnim selyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina portlari, harbiy logistika markazlari va dronlar yig‘iladigan joylariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasi foydalanayotgan dronlarni yig‘ish va saqlash joylari, logistika markazlari, shuningdek, yoqilg‘i-energetika va transport infratuzilmasi obyektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, Ukraina qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma jangchilarning 149 ta hududdagi vaqtinchalik joylashuv nuqtalari ham nishonga olingan.
Kun davomida "Oniks" kemalarga qarshi raketalari, havodan uchiriladigan qanotli raketalar va barrajlovchi o‘q-dorilar bilan Ukraina portlaridagi quyidagi obyektlarga zarbalar berilgan:
— Odessa portidagi uzoq masofali dronlarni yig‘ish sexi va benzin tashuvchi mashinalar turargohi;
— Yujniy portidagi G‘arb davlatlaridan Ukraina armiyasi uchun keltirilgan harbiy mol-mulk ombori;
— Novie Belyari aholi punkti yaqinidagi yonilg‘i-moylash materiallari saqlangan beshta rezervuar.
Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlari va dronlari Odessa porti reydida harbiy yuk ortilgan ikkita balkerga ham zarba bergan.
Zmeiniy orolining shimolida esa Ukraina tomoni dronlar va ekipajsiz katerlarni uchirishda foydalangani aytilgan yana ikki kema nishonga olingan.
"Geran-4 Siker" dronlari Poltava viloyatining Bazilevshina aholi punkti yaqinidagi uglevodorod xomashosini qayta ishlash markazi va Chernigov viloyatining Berezna aholi punktidagi harbiy logistika markaziga zarba bergan.
Shuningdek, Xarkov viloyatidagi Andreyevka aholi punkti yaqinidagi gazni qayta ishlash zavodiga ham zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.
Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Tambov viloyatidagi “Wildberries” omboriga hujum qildi: qurbonlar bor
Yangiliklar lentasi
0