Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Tambov viloyatidagi “Wildberries” omboriga hujum qildi: qurbonlar bor

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPolitsiya i skoraya pomosh
Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi “Wildberries” omboriga dronlar yordamida berilgan zarba oqibatida ham 24 kishi jabrlangan.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiyaning Tambov viloyatida Ukraina dronlarining “Wildberries” logistika markaziga bergan hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi yarador bo‘ldi. Bu haqda viloyat rahbari Yevgeniy Pervishov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar tungi smenada ishlayotgan xodimlar bo‘lgan. Jabrlanganlardan biri o‘ta og‘ir, olti nafari og‘ir, 16 nafari esa o‘rtacha og‘ir ahvolda.
Pervishov Ukraina hujumini mintaqadagi eng ko‘lamli va g‘ayriinsoniy bo‘lganini bildirdi.
Bundan tashqari, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov Elektrostaldagi “Wildberries” omboriga dronlar yordamida berilgan zarba oqibatida 24 kishi jabrlanganini ma’lum qildi, ularning bir qismi og‘ir ahvolda.
Kompaniya asoschisi va rahbari Tatyana Kim halok bo‘lganlar oilasiga va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishiga va’da berdi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi bu holatlar yuzasidan jinoiy ish ochdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaning Odessa va Chernomorsk portlaridagi harbiy infratuzilma, “Neptun-2” raketa majmuasi qurilmasi, Zmeiniy oroli yaqinidagi yuk kemasi hamda Chernigov viloyatidagi yoqilg‘i omboriga zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ekspert: Ukraina mag‘lubiyatga uchramoqda, biroq yo‘qotishlarni kamaytirishni istamayapti
Yangiliklar lentasi
0