https://oz.sputniknews.uz/20260720/kyrgyzstan-yolgon-xabar-tarqatganlar-ogohlantirish-59147235.html
Qirg‘izistonda "xitoyliklar bosib ketdi" kabi yolg‘on xabarlarni tarqatganlar ogohlantirildi
Qirg‘izistonda "xitoyliklar bosib ketdi" kabi yolg‘on xabarlarni tarqatganlar ogohlantirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘runbekovning aytishicha, Prezident ma’muriyatining Situatsion markazi jamiyatni ig‘vo qilishga urinayotgan akkauntlar va ularning aloqalarini aniqlamoqda. Bu yo‘nalishda huquq-tartibot idoralari ham ish olib bormoqda.
2026-07-20T11:48+0500
2026-07-20T11:48+0500
2026-07-20T11:59+0500
qirg‘iziston
ogohlantirish
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59155529_0:103:1527:962_1920x0_80_0_0_0eb7bad9d44a6cf357dd0964023843b9.png
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqlarda "xitoyliklar mamlakatni bosib ketdi", "yerlar sotilmoqda" va "tashqi qarz ortib bormoqda" kabi xabarlarni tarqatayotgan soxta akkauntlar egalarini ogohlantirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.O‘runbekov o‘z postida prezident bo‘lishni istagan ayrim siyosatchilar soxta akkauntlar orqali hukumatni qoralashga urinayotganini ta’kidladi. Uning yozishicha, post mualliflari aniqlanib, hibsga olingach, ularning qarindoshlari o‘g‘il-qizlari so‘roqqa chaqirilgani yoki noqonuniy ushlangani haqida shikoyat qila boshlaydi.O‘runbekov bunday harakatlar to‘xtatilmasa, soxta akkauntlar egalari o‘z rahbarlari bilan birga hibsga olinishini aytdi.Uning ta’kidlashicha, Prezident ma’muriyatining Situatsion markazi jamiyatni ig‘vo qilishga urinayotgan akkauntlar va ularning aloqalarini aniqlamoqda. Bu yo‘nalishda huquq-tartibot organlari ham ish olib bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260430/tashiev-ish-ayblov-57238512.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59155529_0:0:1373:1030_1920x0_80_0_0_604b2c40fafdcb6f3fc9562ff37be284.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston, ogohlantirish, dunyoda, dunyo yangiliklari
qirg‘iziston, ogohlantirish, dunyoda, dunyo yangiliklari
Qirg‘izistonda "xitoyliklar bosib ketdi" kabi yolg‘on xabarlarni tarqatganlar ogohlantirildi
11:48 20.07.2026 (yangilandi: 11:59 20.07.2026) O‘runbekov bunday xabarlarni Atambayev, Madumarov va Tashiyev jamoalari soxta akkauntlar orqali tarqatayotganini iddao qildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqlarda "xitoyliklar mamlakatni bosib ketdi", "yerlar sotilmoqda" va "tashqi qarz ortib bormoqda" kabi xabarlarni tarqatayotgan soxta akkauntlar egalarini ogohlantirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston
xabar berdi.
O‘runbekov o‘z postida prezident bo‘lishni istagan ayrim siyosatchilar soxta akkauntlar orqali hukumatni qoralashga urinayotganini ta’kidladi.
Uning da’vosiga ko‘ra, avval bunday xabarlarni Adaxan Madumarov, Almazbek Atambayev va ayrim nodavlat tashkilotlar tarafdorlari tarqatgan bo‘lsa, endi ularga Qamchibek Tashiyev jamoasi ham qo‘shilgan.
Uning yozishicha, post mualliflari aniqlanib, hibsga olingach, ularning qarindoshlari o‘g‘il-qizlari so‘roqqa chaqirilgani yoki noqonuniy ushlangani haqida shikoyat qila boshlaydi.
O‘runbekov bunday harakatlar to‘xtatilmasa, soxta akkauntlar egalari o‘z rahbarlari bilan birga hibsga olinishini aytdi.
"Yolg‘on ma’lumot tarqatganingiz va millatlararo adovatni qo‘zg‘atganingiz uchun qonun bo‘yicha javob berasiz, hibsga olinasiz. G‘iybatni bas qiling! Temir yo‘llar, fabrika va zavodlar qurish kerak. Biz ishlab chiqarish rivojlangan, iqtisodiyoti kuchli, ish haqi va nafaqalari yuqori bo‘lgan mamlakatda yashashni istaymiz. Bizni 30-yil aldab kelishdi", — dedi O‘runbekov.
Uning ta’kidlashicha, Prezident ma’muriyatining Situatsion markazi jamiyatni ig‘vo qilishga urinayotgan akkauntlar va ularning aloqalarini aniqlamoqda. Bu yo‘nalishda huquq-tartibot organlari ham ish olib bormoqda.