Tashiyev ishi: Qirg‘iziston xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbariga qanday ayblov qo‘yildi

© Telekanal RegionTashiyev podtverdil, chto na nego zaveli ugolovnoe delo
Tashiyev podtverdil, chto na nego zaveli ugolovnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2026
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) sobiq raisi Qamchibek Tashiyev unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Tashiyev, sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushev va Jogorku Keneshning sobiq raisi Nurlanbek Turgunbek uuluga davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha ayblov e’lon qilingani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, Tashiyev to‘liq huquqiy himoyalanish imkoniyatiga ega ekanini aytgan.

“Agar kimdir aybdor bo‘lsa, u o‘z jazosini oladi, begunoh esa oqlanadi. Mamlakatimizda davlat rahbari tashabbusi bilan adolatli sud tizimini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Masalan, "Kampirobod ishi" bo‘yicha 25 nafar ayblanuvchi oqlandi. Barchangizdan qonun doirasida harakat qilishingizni so‘rayman. Meni qo‘llab-quvvatlash uchun hech narsa qilish shart emas”, — deb yozdi Tashiyev ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida.

Keyinroq Tashiyevning advokati Ikramidin Aytkulov unga ikki modda bo‘yicha ayblov qo‘yilganini ma’lum qildi.
hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik;
bir guruh shaxslar tomonidan xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Tashiyevga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi — mamlakatdan chiqmaslik to‘g‘risida tilxat qo‘llangan.
Tashiyev, Zulushev va Turgunbek uulu IIVda so‘roq qilingan. Advokat Sherdor Abdikaparovning aytishicha, uchala sobiq yuqori lavozimli amaldor ham avval boshqa figurantlarga nisbatan qo‘llanilgan ayblovlar bo‘yicha chaqirilgan. Manbaga ko‘ra, gap ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va tergov davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholayotgan harakatlar haqida ketmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, so‘roqlar IIV Bosh tergov boshqarmasida bir necha soat davom etgan, shundan so‘ng figurantlar binodan chiqib ketgan.
24.kg xabariga ko‘ra, ish “75 maktub” nomi bilan tilga olinayotgan siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fevralda 75 nafar jamoat arbobi, sobiq amaldor, deputat va ziyolilar prezident Sadir Japarov hamda Jogorku Kenesh raisiga murojaat qilib, muddatidan oldin prezident saylovlarini o‘tkazishni so‘ragan edi.
Shundan keyin Qirg‘izistonda qator siyosiy va kadr o‘zgarishlari yuz berdi.
Qamchibek Tashiyev Qo‘mita raisi va Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etildi;
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida qayta tashkil etish ishlari o‘tkazildi;
bir qator yuqori lavozimli amaldorlar vazifasidan ketdi;
Nurlanbek Turgunbek uulu Jogorku Kenesh raisi lavozimini va deputatlik mandatini topshirdi;
Qurmanqul Zulushev ham deputatlik mandatidan voz kechdi;
“75 maktub”ning ayrim imzolovchilari hibsga olindi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov avvalroq Tashiyevning ushbu voqealarga aloqador yoki aloqador emasligini tergov va sud aniqlashini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy qarorni sud qabul qiladi.

Qisqa ma’lumot: Qamchibek Tashiyev 1968-yil 27-sentabrda Jalolobod viloyatining Barpi qishlog‘ida tug‘ilgan. U 2007–2009 yillarda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2005–2007 va 2010–2013 yillarda Jogorku Kenesh deputati bo‘lgan. 2020-yil oktabridan MXDQ raisi, 2021-yil oktabridan Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari — MXDQ rahbari lavozimida ishlagan. 2022-yilda unga “Qirg‘iz Respublikasi Baatiri” unvoni berilgan.

2024 yil fevralda u Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti etib saylangan, 2026-yil aprelda esa bu lavozimdan ketgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2026
Japarov respublika yig‘ilishida iqtisodiyot, korrupsiya va siyosiy fitnalar haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0