O‘shda klaster, chegaraoldi savdosi, biznes-forum: Qirg‘iziston bilan nimalar muhokama qilindi

© press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevKirgizsko-uzbekskiy biznes-forum v Bishkeke
Kirgizsko-uzbekskiy biznes-forum v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro savdoni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish hamda O‘sh viloyatida yangi sanoat obyektlarini tashkil etishni muhokama qildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi xizmat safari bilan Bishkek shahrida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini jadallashtirish, uning loyihalar portfelini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar yaqin kunlarda Bishkek shahrida 300 nafarga yaqin tadbirkor ishtirokida biznes-forum o‘tkazishga kelishib oldi.
Muzokaralarda qurilish materiallari ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish, to‘qimachilik, logistika va sog‘liqni saqlash sohalaridagi tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.
Jumladan, O‘sh viloyatida to‘qimachilik va tikuvchilik klasteri hamda sanoat-logistika markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, chegaraoldi savdosini rivojlantirish va O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Xizmat safari yakunlari bo‘yicha kelishilgan loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul ijrochilar va keyingi amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sostoyalos 12-e zasedanie Sovmestnoy uzbeksko-kirgizskoy mejpravitelstvennoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Toshkent va Bishkek 2030-yilgacha savdoni ikki barobar oshirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0