Toshkent va Bishkek 2030-yilgacha savdoni ikki barobar oshirishni rejalashtirmoqda

© Kabinet Ministrov KirgizstanaSostoyalos 12-e zasedanie Sovmestnoy uzbeksko-kirgizskoy mejpravitelstvennoy komissii
Sostoyalos 12-e zasedanie Sovmestnoy uzbeksko-kirgizskoy mejpravitelstvennoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
2025 yil yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilga nisbatan 19 foizga o‘sib, 1 milliard dollardan oshgan.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2030-yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — prezident administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev ma’lum qildi.
U mazkur bayonotni Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 12-yig‘ilishida berdi. Majlisga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamraislik qildi.
Kasimaliyevning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilga nisbatan 19 foizga o‘sib, 1 milliard dollardan oshgan.
"So‘nggi besh yilda o‘zaro savdo hajmi ikki barobarga ko‘paydi", — dedi u.
Tomonlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini yanada kengaytirish va uning ustav kapitalini oshirish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma sanoat parklari va logistika majmualarini tashkil etish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Kasimaliyev 2030-yilgacha agrosanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash uchun qo‘shma idoralararo ishchi guruh tuzish taklifini ham bildirdi.
Yig‘ilishda "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li hamda Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha hamkorlik ishlari davom etayotgani qayd etildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
Sadir Japarov i Abdulla Aripov obsudili dvustoronnee sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Sadir Japarov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0