Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

YeIning olti davlati Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini yumshatishni so‘radi — FT

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi YeS
Flagi YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Nashr bunga milliy iqtisodiy manfaatlar sabab bo‘layotganini yozdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yevropa Ittifoqining oltita davlati Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan yangi sanksiyalar paketidagi ayrim choralarni blokladi yoki o‘z kompaniyalari uchun istisnolar kiritishni talab qildi. Bu haqda "Financial Times" diplomatlar va muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib yozdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap Gretsiya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya va Portugaliya haqida bormoqda.
Bu davlatlarning e’tirozlari asosan milliy kompaniyalar, sanoat tarmoqlari, sayyohlik va bank manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq.
Gretsiya Rossiya suyultirilgan tabiiy gazini uchinchi davlatlarga tashishni taqiqlashga qarshi chiqdi. Afina rasmiylarining fikricha, bunday cheklov Gretsiyaning yirik kema qatnovi kompaniyalaridan biri — "Dynagas" faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Gretsiya tomoni Yevropa kompaniyalari Rossiya suyultirilgan gazini tashishdan chiqib ketsa, bo‘shagan bozorni AQSh, Xitoy va Yaponiya kompaniyalari egallab olishidan xavotirda.
Gretsiya siyosatchilari bunday keskin cheklovlarni Yevropaning o‘ziga zarar yetkazadigan chora deb atadi.
Germaniya va Portugaliya Rossiyadan ayrim baliq mahsulotlarini import qilishni taqiqlash taklifiga e’tiroz bildirmoqda. Ikki davlat bu mahsulotlar mahalliy baliqni qayta ishlash korxonalari uchun zarurligini ta’kidlagan.
"Financial Times" ma’lumotlariga ko‘ra, Berlin va Lissabon cheklov qabul qilinsa, o‘zlarining qayta ishlash sanoati xomashyo tanqisligi va ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga duch kelishidan xavotirda.
Fransiya va Italiya Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilgan shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishini cheklash bo‘yicha taklifni yumshatishni so‘ramoqda.
Nashr ikki davlat Yevropaning asosiy sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga kirishi va viza cheklovlarining kengaytirilishi turizm sohasiga ham ta’sir qilishi mumkinligini qayd etgan.
Avstriya esa muzlatilgan Rossiya aktivlarining qariyb 2 mlrd yevrolik qismini sanksiyalardan chiqarish masalasini yana ko‘targan. Vena ushbu mablag‘lardan Rossiya sudi qarori tufayli zarar ko‘rgan "Raiffeisen Bank International"ga kompensatsiya to‘lash uchun foydalanishni taklif qilmoqda.
Yangi paket bo‘yicha kelishuvga erishilmadi
Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini iyun oyida taklif qilgan edi. 15-iyulda Yevropa Ittifoqi elchilari paket bo‘yicha yagona qarorga kela olmadi. Keyingi muzokaralar 23-iyulga qoldirildi.
FT bahosiga ko‘ra, alohida davlatlarning o‘z iqtisodiy manfaatlari uchun istisnolar talab qilishi Brusselning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha umumiy pozitsiyasini zaiflashtirmoqda. Diplomatlar har bir mamlakat o‘zi uchun alohida imtiyoz talab qilsa, yakuniy paket ko‘plab bo‘shliqlarga ega bo‘lib qolishidan ogohlantirgan.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prezident Estonii prizval gotovitsya k vozobnovleniyu kontaktov s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Estoniya prezidenti Rossiya bilan aloqani tiklashga chaqirdi: Yevropada yana kimlar shu fikrda
Yangiliklar lentasi
0