Estoniya prezidenti Rossiya bilan aloqani tiklashga chaqirdi: Yevropada yana kimlar shu fikrda

© AP Photo / Henry NichollsPrezident Estonii prizval gotovitsya k vozobnovleniyu kontaktov s Rossiyey
Prezident Estonii prizval gotovitsya k vozobnovleniyu kontaktov s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
Estoniya prezidenti Rossiya bilan muloqotga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytdi. Avvalroq Yevropaning qator davlat rahbarlari ham Moskva bilan aloqani qayta tiklash tarafdori ekanini bildirgan edi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyaga nisbatan qattiq pozitsiyasi bilan tanilgan Estoniya rahbari ham Moskva bilan muloqotni tiklash zarurligini kun tartibiga olib chiqdi. Estoniya prezidenti Alar Karis Yevropani Ukrainadagi mojaro tugashi mumkin bo‘lgan holatga va Rossiya bilan keyingi muloqotga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Estoniya prezidenti, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha maxsus vakilini tayinlash g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiya bilan muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish haqida so‘nggi oylarda boshqa Yevropa rahbarlari ham gapirdi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Yevropa Ittifoqi Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ta’sirini saqlab qolishi uchun Rossiya bilan yuqori darajadagi muloqotni tiklashi va maxsus vakil tayinlashi kerakligini aytgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Vladimir Putin bilan aloqalarni qayta tiklash bo‘yicha texnik tayyorgarlik ketayotganini ma’lum qilgan.
Belgiya bosh vaziri Bart de Vever esa Yevropa Rossiya bilan kelishuv yo‘lini izlashi va urushdan keyin munosabatlarni normallashtirish haqida o‘ylashi kerakligini bildirgan. U buni, jumladan, arzon energiya va Yevropa iqtisodiyoti raqobatbardoshligi bilan bog‘lagan.
Vengriyaning amaldagi bosh vaziri Viktor Orban 2025-yilda Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga chaqirgan edi.
Keyinroq Vengriyaning yangi saylangan bosh vaziri Peter Madyar mojaro tugab, muzokaralar natija bersa, Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishiga umid bildirgan. Uning fikricha, Yevropa xomashoni yuqori narxda sotib olish orqali o‘z raqobatbardoshligiga zarar yetkazmoqda.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso esa bu masalada yanada ochiqroq pozitsiya bildirgan. U Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan muloqotni zudlik bilan tiklashga, Rossiya energiya resurslariga qo‘yilgan cheklovlardan voz kechishga va Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishga chaqirgan.
Latviya bosh vaziri Evika Silinya ham Rossiya bilan aloqa kanallarini tiklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, ammo buni Ukraina bilan muvofiqlashtirish zarurligini aytgan.
Bolgariyada esa sobiq prezident Rumen Radev Rossiya bilan muammolarni pragmatik muloqot orqali hal qilish tarafdori sifatida tilga olinmoqda.
Yevropadan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp ham Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muloqot olib borayotganini aytdi.
Shu bilan birga, bu chaqiriqlarning barchasi bir xil ma’no anglatmaydi. Ammo Yevropada Rossiya bilan yopilib qolgan aloqa kanallarini qayta tiklash zarurati tobora ko‘proq muhokama qilinayotgani ko‘zga tashlanmoqda.
Premyer Belgii prizval YeS k peregovoram s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Belgiya Rossiya bilan kelishuvga chaqirmoqda, Yevropa Ukrainani yana 2-yil jangga undamoqda
Yangiliklar lentasi
0