Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi, uch davlatda yuk aylanmasi oshdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishGruzovik na granitse, arxivnoe foto
Gruzovik na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
2026 yil yanvar–may oylarida YeOII bo‘yicha umumiy yo‘lovchi aylanmasi 0,8 foizga o‘sdi. Yuk tashish hajmi esa Armaniston, Qirg‘iziston va Belarusda ko‘paydi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) 2026-yilning yanvar–may oylarida umumiy yo‘lovchi aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,8 foizga oshdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining yangi statistik sharhida ma’lum qilindi.
Mamlakatlar kesimida eng yuqori o‘sish Belarusda qayd etildi — 7,8 foiz. Armanistonda yo‘lovchi aylanmasi 6,1 foizga, Qozog‘istonda 4,1 foizga, Qirg‘izistonda esa 3,9 foizga oshdi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 0,3 foizga kamaydi.
Yuk aylanmasi bo‘yicha eng yuqori o‘sish Armanistonda kuzatildi — 12,6 foiz. Qirg‘izistonda ko‘rsatkich 3,4 foizga, Belarusda 1,1 foizga oshdi. Shu bilan birga, Qozog‘istonda yuk aylanmasi 7 foizga, Rossiyada 1,1 foizga kamaydi.
Shunday qilib, hisobot davrida YeOIIning to‘rt davlatida yo‘lovchi aylanmasi, uch davlatida esa yuk aylanmasi o‘sgan. Armaniston har ikki yo‘nalishda yuqori o‘sish ko‘rsatgan bo‘lsa, Qirg‘iziston va Belarusda ham yuk, ham yo‘lovchi aylanmasida ijobiy dinamika saqlanib qoldi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Gruzovie avtomobili u KPP Chernishevskoe v Kaliningradskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII yuklarni yetkazib berish vaqti va tashuv xarajatlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0