YeOII yuklarni yetkazib berish vaqti va tashuv xarajatlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda
15:05 15.05.2026 (yangilandi: 15:06 15.05.2026)

© Sputnik / Mixail Golenkov
/ Obuna bo‘lish
Ma’lum bshlishicha, bu masala 2026-yilgi Yevroosiyo iqtisodiy forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida muhokama qilinadi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yuklarni yetkazib berish vaqti va tashuv xarajatlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) energetika vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala 2026-yilgi Yevroosiyo iqtisodiy forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor yetkazib berish vaqti, narxi va barqarorligiga qaratiladi.
Shuningdek, forumda ittifoq doirasida sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati uchun sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari ham muhokama qilinadi.

YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.