Suzish va dzudo: O‘zbekiston yoshlari Osiyo chempionatlarida 10 ta medal qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaMolodejnaya sbornaya Uzbekistana vishla na pervoe mesto v medalnom zachete na ChA po dzudo v Iordanii
Molodejnaya sbornaya Uzbekistana vishla na pervoe mesto v medalnom zachete na ChA po dzudo v Iordanii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2026
Obuna bo‘lish
Tailand va Iordaniyada o‘tayotgan Osiyo chempionatlarida O‘zbekistonning yosh suzuvchi va dzudochilari jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh sportchilar Tailand va Iordaniyada o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatlarida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza — jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tailandda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Muhammadismoil Rahmonov U18 yosh toifasida 200 metrga brass usulida suzish bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Parizod Abdukarimova esa U18 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilayotgan dzudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta medalga ega chiqdi.
Muhammadjon Masharipov −60 kg, Inoyat Telmanov −73 kg va Rayhona Mamatova −57 kg vazn toifalarida Osiyo chempioni bo‘ldi.
−48 kg vaznda ishtirok etgan Zarina Jamalova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Dilshod Karimov −60 kg, Muhriddin Ma’rufov −73 kg, Sabina Azamatova −52 kg hamda Mohinur Allaberganova −57 kg vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, yosh suzuvchi va dzudochilarimiz Osiyo chempionatlaridagi so‘nggi bahslarda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga jami 10 ta medal qo‘shishdi.
Yunosheskaya sbornaya Uzbekistana po dzudo vozglavila medalniy zachot na chempionate Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0