https://oz.sputniknews.uz/20260719/uzbekistan-kimyo-olimpiada-medal-oquvchilar-59123632.html
O‘zbekiston kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi — o‘quvchilarga pul mukofoti miqdori aytildi
O‘zbekiston kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi — o‘quvchilarga pul mukofoti miqdori aytildi
Sputnik O‘zbekiston
58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal qo‘lga kiritdi. Rayhona Tuymurodova oltin, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
2026-07-19T09:23+0500
2026-07-19T09:23+0500
2026-07-19T09:23+0500
oltin medal
kumush medal
bronza medal
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
o‘quvchilar
olimpiada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/13/59122848_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_85fd98a850d7582704fac1df64548647.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashgan to‘rt nafar o‘quvchining barchasi medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Rayhona Tuymurodova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.Prezidentning 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:— oltin medal uchun o‘quvchiga 1 mlrd 30 mln so‘m, uni tayyorlagan o‘qituvchiga 185,4 mln so‘m;— kumush medal uchun o‘quvchiga 618 mln so‘m, o‘qituvchiga 103 mln so‘m;— bronza medal uchun o‘quvchiga 412 mln so‘m, o‘qituvchiga 61,8 mln so‘m.Shuningdek, olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260713/uzbekistan-ipho-kumush-bronza-medal-58997446.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/13/59122848_147:0:1107:720_1920x0_80_0_0_ebae429d81d5ee342a1ceec200c2dc69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oltin medal, kumush medal, bronza medal, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, o‘quvchilar, olimpiada
oltin medal, kumush medal, bronza medal, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, o‘quvchilar, olimpiada
O‘zbekiston kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi — o‘quvchilarga pul mukofoti miqdori aytildi
Milliy jamoa vakillarining barchasi sovrindor bo‘ldi: Rayhona Tuymurodova oltin, yana uch nafar o‘quvchi esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashgan to‘rt nafar o‘quvchining barchasi medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Rayhona Tuymurodova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Prezidentning 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
— oltin medal uchun o‘quvchiga 1 mlrd 30 mln so‘m, uni tayyorlagan o‘qituvchiga 185,4 mln so‘m;
— kumush medal uchun o‘quvchiga 618 mln so‘m, o‘qituvchiga 103 mln so‘m;
— bronza medal uchun o‘quvchiga 412 mln so‘m, o‘qituvchiga 61,8 mln so‘m.
Shuningdek, olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshiriladi.