https://oz.sputniknews.uz/20260713/uzbekistan-ipho-kumush-bronza-medal-58997446.html
"Tarixiy natija": o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medal oldi
"Tarixiy natija": o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medal oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida ilk bor ikki kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yana bir ishtirokchi faxriy yorliqqa sazovor bo‘ldi. Bu hozircha IPhOdagi eng yaxshi natijadir.
2026-07-13T09:15+0500
2026-07-13T09:15+0500
2026-07-13T10:12+0500
ta’lim
maktab
o‘quvchilar
olimpiada
musobaqa
kumush medal
bronza medal
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/58997281_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_025463e044a98ffe8a3cb841c63c09cf.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tkazilgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida ikki kumush, ikki bronza medali va bir faxriy yorliqqa sazovor bo‘ldi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmati xabar berdi.Xalqaro olimpiada 4–12 iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jamoasi tarkibidagi besh nafar o‘quvchining barchasi sovrinli natija qayd etdi.Kumush medallar:— Asilbek Jumanazarov — "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;— Muhammad Abdumalikov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.Bronza medallar:— Elbek Uroqov — "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;— Hasan Kamolov — Qo‘qon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Javohir Aknazarov esa faxriy yorliq bilan taqdirlandi.Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirokchilar nazariy va eksperimental fizika bo‘yicha masalalarni yechishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbekistan-oquvchilar-matematika-olimpiada-oltin-medal-57390214.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/58997281_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_9fa8d688c65ec4f1c81c18ca62e54ecd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, maktab, o‘quvchilar, olimpiada , musobaqa, kumush medal, bronza medal, jamiyat, o‘zbekiston
ta’lim, maktab, o‘quvchilar, olimpiada , musobaqa, kumush medal, bronza medal, jamiyat, o‘zbekiston
"Tarixiy natija": o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medal oldi
09:15 13.07.2026 (yangilandi: 10:12 13.07.2026) O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida ikki kumush, ikki bronza medali va bir faxriy yorliqqa sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tkazilgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida ikki kumush, ikki bronza medali va bir faxriy yorliqqa sazovor bo‘ldi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xalqaro olimpiada 4–12 iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jamoasi tarkibidagi besh nafar o‘quvchining barchasi sovrinli natija qayd etdi.
— Asilbek Jumanazarov — "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
— Muhammad Abdumalikov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
— Elbek Uroqov — "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
— Hasan Kamolov — Qo‘qon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Javohir Aknazarov esa faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi IPhOda ilk bor bir olimpiadaning o‘zida ikki kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu mamlakat terma jamoasining musobaqadagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirokchilar nazariy va eksperimental fizika bo‘yicha masalalarni yechishadi.