Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ekspert: Ukraina mag‘lubiyatga uchramoqda, biroq yo‘qotishlarni kamaytirishni istamayapti

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy flag i monument "Rodina-Mat" v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Amerikalik professorning aytishicha, Ukraina armiyasi nochor ahvolda.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) mojaro hududida mag‘lubiyatga uchramoqda, ammo Kiyev Rossiya bilan tinchlik kelishuvi tuzish orqali mamlakatga yetkazilgan zararni kamaytirishga urinmayapti. Bu haqda Chikago universiteti professori Jon Mirshaymer ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina jang maydoniga nazar tashlanadigan bo‘lsa, Rossiya Qurolli kuchlari u yerda g‘alaba qozonayotganini ko‘rish mumkin.
“Ular ukrainaliklarni chekintirmoqda. Ukraina armiyasi noiloj ahvolda. <…> Natijada Ukraina mojarodan nochor, qoloq davlat sifatida chiqishi mumkin”, - dedi Mirshaymer.
Shu bilan birga, professor Ukraina o‘zi uchun eng maqbul shartlarda tinchlik o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy berganini ta’kidladi.
Kiyev sulh tuzishi va Ukraina betaraf davlat ekanligini tan olishi, so‘ngra Moskva bilan munosabatlarni yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rishi kerak edi. Shu tariqa, ukrainaliklar o‘z yo‘qotishlarini minimallashtirgan bo‘lardi, ammo mojaro boshqa yo‘nalishda davom etdi, deya hisoblaydi ekspert.
Rossiyskie voyska osvobodili gorod Konstantinovku v Doneskoy Narodnoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Konstantinovkani to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0