https://oz.sputniknews.uz/20260718/ozbekiston-ozarbayjon-59110261.html
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil boshidan buyon 40 foizga oshdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil boshidan buyon 40 foizga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Ozarbayjon iqtisodiyot vazirini qabul qildi. 18.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-18T11:04+0500
2026-07-18T11:04+0500
2026-07-18T11:04+0500
iqtisod
o‘zbekiston
ozarbayjon
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/12/59110316_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_6ba5375a419bbb5783c188966c5bfbe8.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil boshidan buyon qariyb 40 foizga oshdi, o‘tgan yilda esa 15 foizga oshgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilindi.Tomonlar O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.Ta’kidlanishicha, qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.Shu ma’noda, bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholandi. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador o‘tishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260708/uzbekistan-azerbaijan-caspian-sea-flot-58896004.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/12/59110316_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_d8fa01135a9ab9e273a9ebb85867d2d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, ozarbayjon, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, ozarbayjon, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil boshidan buyon 40 foizga oshdi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Ozarbayjon iqtisodiyot vazirini qabul qildi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yil boshidan buyon qariyb 40 foizga oshdi, o‘tgan yilda esa 15 foizga oshgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov bilan uchrashuvi davomida
ma’lum qilindi. Tomonlar O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi, joriy yilning o‘tgan davrida esa o‘sish qariyb 40 foizni tashkil etdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.
Shu ma’noda, bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholandi. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador o‘tishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.