O‘zbekiston Ozarbayjon bilan Kaspiy dengizida qo‘shma flot tashkil etmoqchi

© IA ReportZamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Uzbekistana Xurram Teshabayev.
Zamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Uzbekistana Xurram Teshabayev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ozarbayjon bilan Kaspiy dengizida qo‘shma flot va logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ozarbayjon bilan Kaspiy dengizida qo‘shma flot tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev Ozarbayjonning Report agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkargo” AJ va “Ozarbayjon Kaspiy dengiz paroxodchiligi” YoAJ o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Teshaboyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbuslar multimodal yuk tashish samaradorligini oshirish, logistika zanjirlarini barqaror qilish va eksportchilarning transport xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
“Ushbu tashabbuslar multimodal tashuvlar samaradorligini oshirish, logistika zanjirlarini yanada barqaror qilish va eksportchilarning transport xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi”, — dedi Teshaboyev.
Vazir o‘rinbosari O‘zbekiston va Ozarbayjon O‘rta yo‘lakning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ta’kidladi.
Xususan, o‘zbekistonlik eksportchilar uchun yuklarni qayta yuklashda chegirmalar berish, kompleks tarif yechimlarini joriy etish, logistika tartib-qoidalarini soddalashtirish hamda konteyner va eksport yuklariga ustuvor xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilinmoqda.
Teshaboyevning aytishicha, Boku xalqaro dengiz porti o‘zbek mahsulotlarining O‘rta yo‘lak orqali tashqi bozorlarga chiqishida muhim o‘rin tutmoqda. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda yuk tashish hajmi oshib, eksport mahsulotlari turi kengaymoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma logistika markazi tashkil etish loyihasini ham muhokama qilmoqda. U Boku xalqaro dengiz porti, Ozarbayjon temir yo‘l tarmog‘i va Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz hamda Yevropani bog‘lovchi xalqaro transport yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan hududda joylashishi kutilmoqda.
Mazkur markaz yuklarni jamlash, saqlash va qayta ishlash, konteynerlarni multimodal tarzda qayta yuklash, shuningdek, bojxona va tranzit rasmiylashtiruvini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Bu Toshkent–Boku yo‘nalishida yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirishi va tashuvlar xarajatini kamaytirishi mumkin.
Vazir o‘rinbosari ushbu loyihaning ahamiyati Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi fonida yanada ortishiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu temir yo‘l kelgusida Xitoy va Markaziy Osiyodan Kaspiy mintaqasi tomon yuk oqimini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Strani mira. Norvegiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
O‘zbekiston neft mahsuloti Qora dengiz portlariga yetkazila boshlandi
Yangiliklar lentasi
0