https://oz.sputniknews.uz/20260706/uy-joy-bitimlar-kopayish-58849894.html
Uy-joy narxlari oshmoqda: eskrou tizimi oldidan bitimlar qariyb 50 foizga ko‘paydi
Uy-joy narxlari oshmoqda: eskrou tizimi oldidan bitimlar qariyb 50 foizga ko‘paydi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 48,4 foizga oshdi. Mart oyida eskrou tizimi joriy etilishi oldidan bozor faolligi yanada kuchaygan.
2026-07-06T11:28+0500
2026-07-06T11:28+0500
2026-07-06T11:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
narx-navo
ko‘p kvartirali uylar
uy-joylar narxi
ipoteka
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/52/13395273_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b0897d714b22c812b1191909dd7fa6b0.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk oldi-sotdi jarayonlari uchun eskrou tizimi joriy etilishi oldidan uy-joy bozorida faollik keskin oshdi. Bu haqda Markaziy bankning 2026-yil I choragi uchun e’lon qilingan “Ko‘chmas mulk bozori tahlili”da qayd etildi.Tahlilga ko‘ra, yanvar-mart oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 110,1 mingtani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,4 foizga ko‘p.Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Navoiy viloyatlarida kuzatildi. Xususan, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik Toshkent shahrida 64 foizga, Sirdaryo viloyatida 67 foizga, Andijonda 56 foizga, Navoiyda esa 52 foizga oshgan.Ipoteka bozori ham o‘sishni qo‘llab-quvvatlagan asosiy omillardan biri bo‘ldi. I chorakda ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 5,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29 foizga ko‘paydi. Aholi real daromadlari esa 7,8 foizga oshgan.Taklif tomonida ham o‘sish kuzatilgan. I chorak yakuniga ko‘ra, foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy maydoni 3,3 million kvadrat metrni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga ko‘p. O‘sish asosan individual turar joylar hisobiga shakllangan.Markaziy bank xulosasiga ko‘ra, 2026-yilning I choragida ko‘chmas mulk bozoridagi jonlanish yuqori iqtisodiy faollik, ipoteka kreditlari kengayishi va aholi daromadlari o‘sishi fonida shakllangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260611/ulushli-qurilish-58262320.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/52/13395273_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fb68e1b5558b97fa77a92f3356b38243.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, narx-navo, ko‘p kvartirali uylar, uy-joylar narxi , ipoteka, markaziy bank
jamiyat, o‘zbekiston, narx-navo, ko‘p kvartirali uylar, uy-joylar narxi , ipoteka, markaziy bank
Uy-joy narxlari oshmoqda: eskrou tizimi oldidan bitimlar qariyb 50 foizga ko‘paydi
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni qariyb 50 foizga oshdi, uy-joy narxlari esa qimmatlashishda davom etdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk oldi-sotdi jarayonlari uchun eskrou tizimi joriy etilishi oldidan uy-joy bozorida faollik keskin oshdi. Bu haqda Markaziy bankning 2026-yil I choragi uchun e’lon qilingan “Ko‘chmas mulk bozori tahlili”da
qayd etildi.
Tahlilga ko‘ra, yanvar-mart oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 110,1 mingtani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,4 foizga ko‘p.
Markaziy bank bozordagi faollikni ipoteka kreditlari hajmining oshishi, aholi real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, qurilish va investitsiya faolligining yuqori darajada saqlanayotgani bilan izohladi.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Navoiy viloyatlarida kuzatildi. Xususan, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik Toshkent shahrida 64 foizga, Sirdaryo viloyatida 67 foizga, Andijonda 56 foizga, Navoiyda esa 52 foizga oshgan.
Ipoteka bozori ham o‘sishni qo‘llab-quvvatlagan asosiy omillardan biri bo‘ldi. I chorakda ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 5,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29 foizga ko‘paydi. Aholi real daromadlari esa 7,8 foizga oshgan.
Taklif tomonida ham o‘sish kuzatilgan. I chorak yakuniga ko‘ra, foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy maydoni 3,3 million kvadrat metrni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga ko‘p. O‘sish asosan individual turar joylar hisobiga shakllangan.
Bozordagi yuqori talab narxlarga ham ta’sir qildi. Mart oyida birlamchi bozorda uy-joy narxlari so‘mda 1,8 foizga, dollarda 8,1 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar so‘mda 3 foizga, dollarda 9,4 foizga qimmatlashdi.
Markaziy bank xulosasiga ko‘ra, 2026-yilning I choragida ko‘chmas mulk bozoridagi jonlanish yuqori iqtisodiy faollik, ipoteka kreditlari kengayishi va aholi daromadlari o‘sishi fonida shakllangan.