Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Konstantinovkani ozod qildi

Obuna bo‘lish
Konstantinovka — Kiyev rejimi yaratilgan himoya chizig‘idagi muhim istehkomlardan biri edi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Konstantinovkani ozod qildi. Bu haqida prezident Vladimir Putinga ma’lumot berildi.

Konstantinovkaning egallanishi butun DXRni ozod qilishning kalitidir. Bu Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalarini yo‘q qilishdagi birinchi, ammo hal qiluvchi qadam. Ukraina bo‘linmalari katta yo‘qotishlar bilan chekinmoqda, — dedi Rossiya prezidenti.

Yil boshidan beri Rossiya Qurolli kuchlari Donbass va Novorossiyada 133 ta aholi punkti va 3000 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni nazoratga oldilar, dedi Putin.

Konstantinovka — Doneskdan 55 kilometr masofada joylashgan. SSSR davrida bu yerda 115 ming aholi yashagan, 2020-yillarda esa - 70 mingga yaqin. Konstantinovka yirik temir yo‘l tranzit markaziga ega bo‘lgani uchun Kramatorsk-Slavansk aglomeratsiyasida Ukraina qurolli kuchlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 2014-yildan so‘ng shahar Kiyev rejimi tomonidan harbiy istehkom sifatida mustahkamlangan edi.
© SputnikRossiya kuchlari Konstantinovkani ozod qildi
Rossiya kuchlari Konstantinovkani ozod qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Rossiya kuchlari Konstantinovkani ozod qildi

Rossiya Qurolli kuchlari 27-iyundan 3-iyulgacha:

Ukraina hududiga beshta yirik guruhli zarbalar berdi.
️“Shimol” kuchlar guruhi Xarkov viloyatidagi Ukrainsk qishlog‘i ustidan nazoratni o‘rnatdi.
️“G‘arb” kuchlar guruhi Krasniy Liman shahrida pozitsiyalarini yaxshiladilar va minalardan tozalashni boshladi.
️“Janub” kuchlar guruhi DXRning Malinovka va Piskunovka qishloqlarini ozod qildi, Kostantinovkani dushmaning gtarqoq tuzilmalaridan tozaladi.
️“Sharq” kuchlar guruhi Dnepropetrovsk viloyatidagi Novoskelevatoe, Pisansi va Bogodarovka qishloqlarini, Zaporojye viloyatidagi Novoselovka, Rovnoe, Lesnoe va Kopani qishloqlarini ozod qildi.
️“Sharq” kuchlar guruhi so‘nggi 24 soat ichida Dnepropetrovsk viloyatidagi Aleksandrovka qishlog‘i ozod qilindi.
️Rossiya uchuvchisiz apparatlari Ukraina havo kuchlarining ikkita MiG-29 samolyotini yo‘q qildi.
️Havo hujumidan mudofaa tizimlari 72 ta boshqariladigan avia bomba va 3871ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
️Qora dengiz floti Ukrainaning 10 ta ekipajsiz qayig‘ini yo‘q qildi.
Yangiliklar lentasi
0