Romanov saroyida O‘zbekiston san’at muzeyi filiali tashkil etiladi

© Sputnik / Aktan TemirkanovDvores Nikolaya Konstantinovicha Romanova v Tashkente.
Dvores Nikolaya Konstantinovicha Romanova v Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Saroyni restavratsiya qilish jarayonida uning tarixiy qiyofasi to‘liq saqlab qolinadi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Buyuk knyaz Nikolay Romanov saroyida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tadbirlar taqdimotida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, taqdimotda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Buyuk knyaz Nikolay Romanov saroyida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Bunda majmuaning tarixiy qiyofasi saqlab qolinib, 300 taga yaqin eksponatdan iborat doimiy ekspozitsiya shakllantiriladi.
Ta’kidlanishicha, muzey filialining tashkil etilishi mamlakat madaniy meros obyektlarini asrash va ommalashtirish dasturining bir qismiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Romanovlar saroyi 2021-yildan buyon restavratsiya uchun yopiq.
Dvores Romanova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinib, muzeyga aylantiriladi
Yangiliklar lentasi
0