https://oz.sputniknews.uz/20211002/toshkentdagi-romanovlar-saroyi-rekonstruktsiya-qilinib-muzeyga-aylantiriladi-20740171.html
Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinib, muzeyga aylantiriladi
Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinib, muzeyga aylantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qarorgoh rekonstruksiya ishlari yakunidan so‘ng O‘zbekistonning sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. 02.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-02T17:01+0500
2021-10-02T17:01+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turizm
aziz abduhakimov
turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20739905_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_84942cc052f5ab61048cc6c15988c845.jpg
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun, Toshkentning tarixiy va me’moriy merosini asrash: “knyaz Romanov Saroyini restavratsiya qilish, muzey yaratish va doimiy ko‘rgazma tashkil etish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Toshkentdagi knyaz Romanovning sobiq qarorgohini restavratsiya qilish ishlarini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi olib boradi.Bugungi kunda binoni rekonstruksiyasi va muzey dizaynining dastlabki konsepsiyalari tayyorlandi.Loyihaga ko‘ra, bino va yon atrofdagi tarixiy qiyofasini saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi, saqlanib qolgan eski daraxtlar yanada ko‘kalamzorlashtiriladi, mavjud favvoralar esa restavratsiya qilinadi. Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi. Shuningdek, eng muhimi Romanovlar kolleksiyasidagi san’at asarlaridan iborat ekspozitsiya yaratiladi.Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abdulhakimovning so‘zlariga ko‘ra, doimiy ko‘rgazma 500 ga yaqin eksponatni o‘z ichiga oladi.Bir vaqtlar saroyni bezab turgan marmar va bronzadan yasalgan haykallardan tashqari, saroyga 120 tadan ortiq rasm va grafika, 75 ta haykal, 20 ta mebel qaytariladi. Rekonstruksiya ishlarini 2-yil ichida yakunlash rejalashtirilgan."So‘nggi besh yil ichida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, uni o‘rganish va ommalashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Knyaz Romanov saroyi binosini restavratsiya qilish – ana shunday yirik loyihalardan biridir", - dedi Abduhakimov. O‘zbekiston prezidenti patronaji ostida amalga oshirilayotgan mazkur noyob loyiha ishiga arxitektura va restavratsiya sohasining xalqaro professionallari jalb qilingan. "Bizning maqsadimiz – bu betakror me’moriy yodgorlik va unga tutash bo‘lgan park maydonini saqlab qolgan holda, u yerda jamoatchilik vaqt o‘tkazishi uchun sharoit yaratishdir. Mehmonlar Markaziy Osiyo me’morchiligi uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan bu joy bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, bo‘lajak muzey poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor turistik joylaridan biriga aylanadi”, – deb qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.
https://oz.sputniknews.uz/20190527/Toshkentdagi-Nikolay-Romanov-saroyida-muzey-tashkil-ilinishi-mumkin-11611075.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20739905_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2338e89adf686491b9ea041911666867.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, turizm, aziz abduhakimov, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, turizm, aziz abduhakimov, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, rossiya
Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinib, muzeyga aylantiriladi
17:01 02.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Eksklyuziv
Qarorgoh rekonstruksiya ishlari yakunidan so‘ng O‘zbekistonning sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun, Toshkentning tarixiy va me’moriy merosini asrash: “knyaz Romanov Saroyini restavratsiya qilish, muzey yaratish va doimiy ko‘rgazma tashkil etish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentdagi knyaz Romanovning sobiq qarorgohini restavratsiya qilish ishlarini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi olib boradi.
Bugungi kunda binoni rekonstruksiyasi va muzey dizaynining dastlabki konsepsiyalari tayyorlandi.
Loyihaga ko‘ra, bino va yon atrofdagi tarixiy qiyofasini saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi, saqlanib qolgan eski daraxtlar yanada ko‘kalamzorlashtiriladi, mavjud favvoralar esa restavratsiya qilinadi.
Saroyning bog‘ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi. Shuningdek, eng muhimi Romanovlar kolleksiyasidagi san’at asarlaridan iborat ekspozitsiya yaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abdulhakimovning so‘zlariga ko‘ra, doimiy ko‘rgazma 500 ga yaqin eksponatni o‘z ichiga oladi.
Bir vaqtlar saroyni bezab turgan marmar va bronzadan yasalgan haykallardan tashqari, saroyga 120 tadan ortiq rasm va grafika, 75 ta haykal, 20 ta mebel qaytariladi. Rekonstruksiya ishlarini 2-yil ichida yakunlash rejalashtirilgan.
"So‘nggi besh yil ichida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, uni o‘rganish va ommalashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Knyaz Romanov saroyi binosini restavratsiya qilish – ana shunday yirik loyihalardan biridir", - dedi Abduhakimov.
O‘zbekiston prezidenti patronaji ostida amalga oshirilayotgan mazkur noyob loyiha ishiga arxitektura va restavratsiya sohasining xalqaro professionallari jalb qilingan.
"Bizning maqsadimiz – bu betakror me’moriy yodgorlik va unga tutash bo‘lgan park maydonini saqlab qolgan holda, u yerda jamoatchilik vaqt o‘tkazishi uchun sharoit yaratishdir. Mehmonlar Markaziy Osiyo me’morchiligi uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan bu joy bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, bo‘lajak muzey poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor turistik joylaridan biriga aylanadi”, – deb qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.