Davlat organlari fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatik ravishda yangilaydi

© Unsplash/Glenn Carstens-PetersRabota na kompyutere.
Rabota na kompyutere. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda bu davlat idoralarining elektron bazalarida avtomatik yangilanadi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 1-oktabrdan davlat organlarining axborot tizimlarida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatik ravishda yangilashni boshlaydi. Bu prezidentning tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.
Belgilanishicha, fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda davlat idoralari bu haqdagi ma’lumotlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali oladi va o‘z elektron bazalarini mustaqil ravishda yangilaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (YaIDXP) olinadigan shaxsiy ma’lumotlar o‘zgargani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
Bankovskie karti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
22 apreldan yangi mijoz bank ilovasiga faqat o‘z raqami va plastik kartasini ulay oladi
Yangiliklar lentasi
0