https://oz.sputniknews.uz/20260420/mijoz-bank-ilova-karta-ulash-56801486.html
22 apreldan yangi mijoz bank ilovasiga faqat o‘z raqami va plastik kartasini ulay oladi
22 apreldan yangi mijoz bank ilovasiga faqat o‘z raqami va plastik kartasini ulay oladi
Sputnik O‘zbekiston
22 apreldan O‘zbekistonda bank va to‘lov ilovalari uchun yangi minimal xavfsizlik talablari kuchga kiradi. Telefon raqami, JShShIR va karta ma’lumotlari mos kelmasa, ro‘yxatdan o‘tish yoki karta biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2026-04-20T09:56+0500
2026-04-20T09:56+0500
2026-04-20T09:56+0500
plastik karta
o‘zbekiston
jamiyat
mobil ilova
raqamli texnologiyalar
jshshir (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27354979_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_da1398749c9c2e551145b98c8b7d0b62.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmat ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikka doir yangi minimal talablar joriy etiladi.Unga ko‘ra, bank va to‘lov ilovalarida foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishda telefon raqami va JShShIR mosligi tekshiriladi. Agar bu ma’lumotlar mos kelmasa, ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasini ilovaga biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Shuningdek, kartaga ulangan SMS-xabarnoma raqami ilovadagi raqamdan farq qilsa, kartani qo‘shish jarayoni ham to‘xtatiladi.Yaqin qarindoshlar qatoriga ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi hamda tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillar kiradi.Markaziy bank izohiga ko‘ra, yangi tartib asosan yangi ro‘yxatdan o‘tadigan mijozlarga tatbiq etiladi. Amalda ilovalardan foydalanayotganlar esa xizmatlardan avvalgidek foydalanishda davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/tartib-bank-karta-onlayn-kredit-55107186.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27354979_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_3a015e3f2c726e45f2dc8d845b14fb45.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, markaziy bank, lex.uz, bank ilovasi, to‘lov ilovasi, jshshir, telefon raqami, bank kartasi, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, yaqin qarindoshlar
o‘zbekiston, markaziy bank, lex.uz, bank ilovasi, to‘lov ilovasi, jshshir, telefon raqami, bank kartasi, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, yaqin qarindoshlar
22 apreldan yangi mijoz bank ilovasiga faqat o‘z raqami va plastik kartasini ulay oladi
22 apreldan yangi mijozlar uchun bank va to‘lov ilovalarida telefon raqami, JShShIR hamda karta ma’lumotlari o‘rtasidagi moslik qat’iy tekshiriladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmat ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikka doir yangi minimal talablar
joriy etiladi.
Unga ko‘ra, bank va to‘lov ilovalarida foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishda telefon raqami va JShShIR mosligi tekshiriladi. Agar bu ma’lumotlar mos kelmasa, ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasini ilovaga biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, kartaga ulangan SMS-xabarnoma raqami ilovadagi raqamdan farq qilsa, kartani qo‘shish jarayoni ham to‘xtatiladi.
Nizomga binoan, mobil ilovadagi akkauntga asosan shu shaxsning o‘ziga tegishli bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamonlari biriktiriladi. Yaqin qarindoshlar bundan mustasno.
Yaqin qarindoshlar qatoriga ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi hamda tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillar kiradi.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, yangi tartib asosan yangi ro‘yxatdan o‘tadigan mijozlarga tatbiq etiladi. Amalda ilovalardan foydalanayotganlar esa xizmatlardan avvalgidek foydalanishda davom etadi.