O‘zbekistonda pensiya tizimida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po pensionnoy sisteme
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po pensionnoy sisteme - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Pensiya hisoblashda fuqaroning 20-yillik ish haqini inobatga olish va past daromad olingan ayrim davrlarni hisobdan chiqarish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini 5-yildan 20-yilgacha uzaytirish taklif qilindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida pensiya tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.
Hozir pensiya oxirgi 10-yillik mehnat faoliyatidagi 5-yillik ish haqi asosida hisoblanadi. Bunda oylikning 6 million so‘mdan yuqori qismi hisobga olinmaydi.
Taklifga ko‘ra, pensiya hisoblanadigan ish haqi davri 20-yilgacha uzaytiriladi. Fuqaro kam daromad olgan ayrim davrlar esa umumiy hisobdan chiqarilishi mumkin.
Shuningdek, 2027-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining eng yuqori miqdorini 6 million so‘mdan 6,6 million so‘mga oshirish rejalashtirilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi tartib asosida pensiyaga chiqadigan fuqarolarning pensiyasi hozirgiga nisbatan 8 foizga ko‘payishi mumkin.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bo‘yicha ham yangi mexanizm taklif etildi. Hozir fuqarolar ish haqining 0,1 foizi shaxsiy pensiya hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ushbu mablag‘larga yillik 10 foiz daromad hisoblanadi.
Oyligi 7,6 million so‘mgacha bo‘lgan fuqaro ish haqining 5 foizini ushbu hisobvaraqqa o‘tkazsa, davlat uning hisobiga qo‘shimcha 2,5 foiz mablag‘ qo‘shishi mumkin.
Oyligi 7,6 million so‘mdan yuqori bo‘lganlar uchun esa shu chegaradan oshgan qismi bo‘yicha to‘langan ijtimoiy soliqning 1 foizini shaxsiy pensiya hisobvarag‘iga yo‘naltirish taklif qilindi.
Davlat rahbari takliflarni aholi va keng jamoatchilik ishtirokida ochiq muhokama qilishni topshirdi. Shuningdek, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanadi.
Pojilie jiteli goroda Denau, Surxandarinskaya oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0