https://oz.sputniknews.uz/20250910/uzbekistan-pensiya-yosh-51877992.html
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda erkaklar uchun nafaqa yoshini 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga bosqichma-bosqich ko‘tarish taklif qilinmoqda
2025-09-10T15:02+0500
2025-09-10T15:02+0500
2025-09-10T15:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pensiya
yangi qonun
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48067190_0:0:2984:1679_1920x0_80_0_0_683076d1debde5896c0eae4f1f531606.jpg
TOShKENT, 10-sen — Sputnik. O‘zbekistonda erkaklar uchun nafaqa yoshini 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga bosqichma-bosqich ko‘tarish taklif qilinmoqda. Bu haqda Pul va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov o‘z intervyusida ma’lum qildi.Suhbatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda pensiya yoshi 32-yil davomida umuman o‘zgarmagan. Bundan tashqari, jamg‘arma direktori 20-yil oldin pensionerlar nafaqaga chiqqanidan so‘ng odatda 8-9 yil hayot bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib erkaklar deyarli 13-yil, ayollar esa 20-yilgacha umr ko‘rayotgani haqida statistik ma’lumot keltirgan.Ammo qabul qilinishi rejalashtirilgan yangi yosh normalarini ko‘rib chiqishga boshqa sabab ham turtki bo‘lgani aytilmoqda.Ta’kidlanishicha, hozirda qaror rasman qabul qilinmagan. Jamg‘arma jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun maxsus platforma ishga tushirish rejasini bildirgan — bunday platforma orqali fuqarolardan takliflar qabul qilinishi aytilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250109/eoii-ozbekiston-pensiya-yoshi-47493278.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48067190_310:0:2975:1999_1920x0_80_0_0_2eda195786fdc66c5e7111aabec9780d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pensiya nafaqa yosh
o‘zbekiston pensiya nafaqa yosh
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
15:02 10.09.2025 (yangilandi: 15:24 10.09.2025) Pensiya yoshi erkaklar uchun 63, ayollar uchun esa 58 yosh etib belgilanishi mumkin – mutasaddi.
TOShKENT, 10-sen — Sputnik. O‘zbekistonda erkaklar uchun nafaqa yoshini 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga bosqichma-bosqich ko‘tarish taklif qilinmoqda. Bu haqda Pul va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov o‘z intervyusida
ma’lum qildi.
Suhbatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda pensiya yoshi 32-yil davomida umuman o‘zgarmagan. Bundan tashqari, jamg‘arma direktori 20-yil oldin pensionerlar nafaqaga chiqqanidan so‘ng odatda 8-9 yil hayot bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib erkaklar deyarli 13-yil, ayollar esa 20-yilgacha umr ko‘rayotgani haqida statistik ma’lumot keltirgan.
Ammo qabul qilinishi rejalashtirilgan yangi yosh normalarini ko‘rib chiqishga boshqa sabab ham turtki bo‘lgani aytilmoqda.
“So‘nggi 10-yil ichida Pensiya jamg‘armasi daromadlari 3,4 barobar, xarajatlari esa 5 barobar ko‘paydi. 2020-yildan boshlab pensiya to‘lovlarini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda mablag‘ ajratilmoqda. 2022-yilda ajratilgan mablag‘ miqdori 11 trillion so‘mni tashkil etib, bu umumiy xarajatlarning to‘rtdan bir qismiga teng bo‘lib chiqdi. 2023-yil uchun 15 trillion so‘m (29 %) ajratish rejalashtirilgan edi. 2030-yilga kelib, ajratiladigan mablag‘ hajmi 38 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda”, – deydi Otajonov.
Ta’kidlanishicha, hozirda qaror rasman qabul qilinmagan. Jamg‘arma jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun maxsus platforma ishga tushirish rejasini bildirgan — bunday platforma orqali fuqarolardan takliflar qabul qilinishi aytilmoqda.