Diniy ta’lim va hamkorlik: Din ishlari qo‘mitasi raisi ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tdi

© SputnikPredsedatel Komiteta po delam religiy Sodik Toshboyev
Predsedatel Komiteta po delam religiy Sodik Toshboyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Obuna bo‘lish
Toshboyev O‘zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati, muqaddas qadamjolarni obod qilish, diniy ta’lim va xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev so‘z yuritdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshboyev bu haqda “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida gapirdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash, muqaddas qadamjolarni obod qilish, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodni ma’rifatli qilib tarbiyalashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

U bugungi kunda mamlakatda 130 tadan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilishini qayd etdi.

Qo‘mita raisiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro maydonda tinchlik, bag‘rikenglik, ma’rifat va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslangan tashabbuslar bilan faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, mamlakat Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarning tegishli vazirliklari, diniy idoralari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirayotgani ta’kidlandi.
Toshboyev yaqinda Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning din ishlari uchun mas’ul davlat organlari rahbarlari birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tganini ham eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu diniy-ma’rifiy sohada yangi hamkorlik platformasi shakllanayotgani va amaliy muloqot kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Nachalnik Departamenta po religiozno-prosvetitelskim voprosam Administratsii prezidenta Muzaffar Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Kamilov Islom sivilizatsiyasi forumining asosiy vazifalarini aytdi
Yangiliklar lentasi
0