Qoraqalpoq alifbosiga yangi o‘zgarishlar kiritilmaydi — Vazirlar Kengashi

© Sovet ministrov KarakalpakstanaZdanie Soveta ministrov Karakalpakstana
Zdanie Soveta ministrov Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi o‘zgarishi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Lotin yozuviga asoslangan amaldagi qoraqalpoq alifbosiga yangi o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilmagan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ma’lum qildi.
Rasmiy xabarda fuqarolardan norasmiy manbalar va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik so‘ralgan.
Ish qog‘ozlari, rasmiy hujjatlar va boshqa yozma materiallar hozirda amalda bo‘lgan lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosida tayyorlanishi davom ettiriladi.
Qoraqalpoq tilining lotin yozuviga asoslangan dastlabki imlo lug‘ati Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining 1995-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq 1997-yilda "Bilim" nashriyotida 2 ming nusxada chop etilgan. Uning alifbo tartibiga 32 ta harf kiritilgan edi.
Keyinchalik alifbo va imloni takomillashtirish, shuningdek, o‘zlashma so‘zlarni to‘g‘ri yozish uchun zarur harflarni kiritish ehtiyoji paydo bo‘lgan.
Shu munosabat bilan Jo‘qorg‘i Kengesning 2016-yil 10-iyundagi qarori asosida alifboga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, tub so‘zlar boshida e, o, ó harflaridan oldin y va w harflarini qo‘shib, ye, wo, wó shaklida yozish talabi bekor qilingan.
Shuningdek, ayrim harflardagi apostroflar olib tashlanib, ular harf ustiga qo‘yiladigan akut belgisiga almashtirilgan.
Natijada á, ó, ú, ǵ, ń va í shakllari joriy etilgan. I’, i’ unli harflaridagi apostrof va nuqta belgilari ham olib tashlanib, ularni I, ı shaklida yozish belgilangan.
Vazirlar Kengashi ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda qabul qilingan ushbu o‘zgarishlardan keyin qoraqalpoq alifbosiga boshqa o‘zgartishlar kiritilmagan.
Studenti v auditorii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0