https://oz.sputniknews.uz/20260715/cis-sputnik-pro-loyihalar-yuqori-baho-59045616.html
MDH matbuot xizmati rahbari Sputnik va Sputnik Pro loyihalarini yuqori baholadi
MDH matbuot xizmati rahbari Sputnik va Sputnik Pro loyihalarini yuqori baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Svetlana Malinina Sputnik’ni MDHdagi muhim strategik hamkor va noyob ikki tilli media loyiha deb atadi. U Sputnik Pro jurnalistlar orasida katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.
2026-07-15T14:59+0500
2026-07-15T14:59+0500
2026-07-15T14:59+0500
sputnik
sputnikpro
rus tili
moskva
rossiya
jurnalistlar
oav
tanlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1a/58626166_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_058a540fb7ef57394e3b16760249e809.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Moskvada “Ruscha gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!” xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malinina Sputnik axborot agentligi va radiosining Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi faoliyatini yuqori baholadi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Malininaning ta’kidlashicha, Sputnik MDH makonidagi muhim strategik hamkor va o‘ziga xos media loyiha hisoblanadi.U Sputnik xablari rus tilida hamda agentlik faoliyat yuritayotgan mamlakatning milliy tilida axborot tarqatishiga e’tibor qaratdi.Malininaning so‘zlariga ko‘ra, bunday ikki tilli format rus tilining millatlararo muloqot vositasi sifatidagi o‘rnini saqlash bilan birga, mahalliy auditoriyaga o‘z ona tilida axborot olish imkonini beradi.MDH Bosh kotibi matbuot kotibi Sputnik jamoalarining ijodiy tashabbuslari va yangi media loyihalarini ham alohida qayd etdi.Shuningdek, u jurnalistlar uchun mo‘ljallangan Sputnik Pro xalqaro ma’rifiy loyihasi haqida to‘xtaldi.U Sputnik jamoasiga media sohasidagi faoliyati, ijodiy g‘oyalari va jurnalistlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi.Malinina tanlov ishtirokchilari geografiyasi yildan yilga kengayib borayotganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, bunday tadbirlar rus tilini nafaqat MDH makonida, balki butun dunyoda madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.U rus tili Hamdo‘stlikning rasmiy tili ekanini eslatib, uning MDH mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, g‘oyalar almashinuvi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.Shuningdek, MDH doirasida tashkil etilgan Xalqaro rus tili tashkiloti rus tili va a’zo davlatlar tillarining uyg‘unligi asosida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260715/samarkand-tashkent-oqituvchi-moscow-tanlov-golib-59040164.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1a/58626166_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_16565cc757c216a6922548e36f4e61d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sputnik, sputnikpro , rus tili, moskva, rossiya, jurnalistlar, oav, tanlov
sputnik, sputnikpro , rus tili, moskva, rossiya, jurnalistlar, oav, tanlov
MDH matbuot xizmati rahbari Sputnik va Sputnik Pro loyihalarini yuqori baholadi
Malinina Sputnik agentligini MDH makonidagi muhim strategik hamkor va noyob ikki tilli media loyiha deb atadi. U Sputnik Pro dasturi jurnalistlar orasida katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Moskvada “Ruscha gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!” xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malinina Sputnik axborot agentligi va radiosining Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi faoliyatini yuqori baholadi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Malininaning ta’kidlashicha, Sputnik MDH makonidagi muhim strategik hamkor va o‘ziga xos media loyiha hisoblanadi.
“Bu bizning juda muhim strategik hamkorimiz. Bu noyob loyiha”, — dedi Malinina.
U Sputnik xablari rus tilida hamda agentlik faoliyat yuritayotgan mamlakatning milliy tilida axborot tarqatishiga e’tibor qaratdi.
Malininaning so‘zlariga ko‘ra, bunday ikki tilli format rus tilining millatlararo muloqot vositasi sifatidagi o‘rnini saqlash bilan birga, mahalliy auditoriyaga o‘z ona tilida axborot olish imkonini beradi.
MDH Bosh kotibi matbuot kotibi Sputnik jamoalarining ijodiy tashabbuslari va yangi media loyihalarini ham alohida qayd etdi.
Shuningdek, u jurnalistlar uchun mo‘ljallangan Sputnik Pro xalqaro ma’rifiy loyihasi haqida to‘xtaldi.
“Sputnik Pro loyihasida ko‘plab jurnalistlar tahsil oladi. Mening bilishimcha, loyiha shu qadar mashhurki, ko‘pchilik unda ishtirok etishga intiladi”, — dedi Malinina.
U Sputnik jamoasiga media sohasidagi faoliyati, ijodiy g‘oyalari va jurnalistlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi.
Malinina tanlov ishtirokchilari geografiyasi yildan yilga kengayib borayotganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, bunday tadbirlar rus tilini nafaqat MDH makonida, balki butun dunyoda madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.
U rus tili Hamdo‘stlikning rasmiy tili ekanini eslatib, uning MDH mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, g‘oyalar almashinuvi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.
Shuningdek, MDH doirasida tashkil etilgan Xalqaro rus tili tashkiloti rus tili va a’zo davlatlar tillarining uyg‘unligi asosida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.