Serdar Berdimuhamedov Baxtiyor Saidovni qabul qildi —tashrif doirasida ikki hujjat imzolandi

© SputnikFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida axborot xavfsizligi bo‘yicha bitim hamda ikki dalat tashqi ishlar vazirliklarining 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobodda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Tashrif doirasida Baxtiyor Saidov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan tor doirada muzokaralar o‘tkazdi. Shundan so‘ng ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlashuvlarda savdo hajmini ko‘paytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport yo‘laklari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida ikki hujjat:
— xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
— O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Mirziyoyev Turkmaniston va Pokiston yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi
Yangiliklar lentasi
0