Mirziyoyev Turkmaniston va Pokiston yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Obuna bo‘lish
Yetakchilar Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berishdi.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston va Pokiston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami bilan qutladi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yaqinda ishga tushirilgan “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham o‘zaro savdoning oshishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Yuk tashishlar hajmi, shu jumladan, Turkmanboshi porti orqali izchil ortib bormoqda. Energetika, sanoat, suv xo‘jaligi va transportda kooperatsiya kengayib bormoqda, Parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakchilar joriy yilda ko‘zda tutilgan ko‘p va ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham muhokama qilishdi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan suhbatda O‘zbekiston prezidentining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga ko‘targani alohida ta’kidlandi.
Oliy darajadagi tashrifdan keyin vazirliklar, idoralar va hududlar darajasidagi muloqotlar yanada faollashgani, o‘zaro almashinuvlar aniq natijalar bilan boyib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbat davomida tomonlar so‘nggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berishdi.
Shavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi na torjestvennoy seremonii po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0