O‘zbekiston va Rossiya intellektual mulk bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini imzoladi

© Ministerstvo yustitsiiUzbekistan i Rossiya podpisali sovmestniy plan deystviy po intellektualnoy sobstvennosti
Uzbekistan i Rossiya podpisali sovmestniy plan deystviy po intellektualnoy sobstvennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar patent ekspertizasi, mutaxassislar tayyorlash va raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan intellektual mulk sohasidagi qo‘shma chora-tadbirlar rejasini imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida imzolandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov va Rossiya Federal intellektual mulk xizmati rahbari Yuriy Zubov ishtirok etdi.
Tomonlar patent ekspertizasi va patent ish yuritish bo‘yicha tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma o‘quv dasturlari, stajirovkalar va seminarlar tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, patent arizalarini tezkor ko‘rib chiqishga xizmat qiluvchi Patent Prosecution Highway — PPH mexanizmini joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, intellektual mulk sohasidagi davlat xizmatlarini takomillashtirish, raqamli yechimlarni rivojlantirish hamda biznes, ilmiy va ta’lim muassasalari, yosh ixtirochilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.
Uzbekistan i Rossiya testiruyut vzaimnoe priznanie elektronnix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
O‘zbekiston va Rossiya elektron hujjatlarni o‘zaro tan olishni sinovdan o‘tkazmoqda
Yangiliklar lentasi
0