https://oz.sputniknews.uz/20260714/mrrz-ukraine-muzokaralar-59022871.html
Mers: Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tirish vaqti keldi
Mers: Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tirish vaqti keldi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar stoliga o‘tirish vaqti kelganini aytdi. Parijdagi koalitsiya ham Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chaqirdi.
2026-07-14T12:31+0500
2026-07-14T12:31+0500
2026-07-14T12:31+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
fridrix mers
yevropa ittifoqi
slovakiya
nato
ukraina
germaniya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0e/59022693_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_31429f32e6cdcbea719ba29d36d76c48.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishish vaqti kelganini bildirdi.Mersning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi va AQSh ishtirokida muzokaralar o‘tkazish uchun Yevropa ham ochiq.Parijdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ham Ukrainada zudlik bilan to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashga chaqirildi.Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar ham "Standard" nashriga bergan intervyusida tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi. Uning fikricha, Ukrainadagi mojaroni dastlabki bosqichda Belarus va Turkiyadagi muzokaralar asosida hal qilish mumkin edi.Blanarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Kiyevga kelib, G‘arb davlatlari erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.Blanar NATOning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishi mojaroni hal qilishga yordam bermasligi, aksincha uni cho‘zishini aytdi. U Slovakiya Kiyevga harbiy texnika bermasligi, faqat gumanitar va noletal yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini ham NATO sammitida asosiy e’tibor harbiy yordamga qaratilgani, diplomatik muzokaralarni boshlash masalasiga esa kam vaqt ajratilganini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/europe-nato-ukraine-yordam-muammolar-58879901.html
slovakiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0e/59022693_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_9f6009b9223fd6e88a76b532b39127c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, fridrix mers, yevropa ittifoqi, slovakiya, nato, ukraina, germaniya, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, fridrix mers, yevropa ittifoqi, slovakiya, nato, ukraina, germaniya, rossiya
Mers: Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tirish vaqti keldi
Germaniya kansleri Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga chaqirdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishish vaqti kelganini
bildirdi.
“Muzokaralar stoliga o‘tirish vaqti keldi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olish vaqti keldi”, — dedi u Parijdagi “xohlovchilar koalitsiyasi” yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.
Mersning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi va AQSh ishtirokida muzokaralar o‘tkazish uchun Yevropa ham ochiq.
Parijdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ham Ukrainada zudlik bilan to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashga chaqirildi.
Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar ham "Standard" nashriga bergan intervyusida tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi. Uning fikricha, Ukrainadagi mojaroni dastlabki bosqichda Belarus va Turkiyadagi muzokaralar asosida hal qilish mumkin edi.
Blanarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Kiyevga kelib, G‘arb davlatlari erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
"Shu tariqa, G‘arb bu kelishuvni barbod qildi va shundan keyin butun jarayon yanada murakkablashdi", — dedi Slovakiya tashqi ishlar vaziri.
Blanar NATOning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishi mojaroni hal qilishga yordam bermasligi, aksincha uni cho‘zishini aytdi. U Slovakiya Kiyevga harbiy texnika bermasligi, faqat gumanitar va noletal yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.
Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini ham NATO sammitida asosiy e’tibor harbiy yordamga qaratilgani, diplomatik muzokaralarni boshlash masalasiga esa kam vaqt ajratilganini bildirdi.