Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevropa va NATOda Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha muammolar kuchaymoqda

© RIA Novosti / StringerSeremoniya privetstviya mnogonatsionalnogo batalona NATO pod rukovodstvom SShA
Seremoniya privetstviya mnogonatsionalnogo batalona NATO pod rukovodstvom SShA  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Obuna bo‘lish
Polsha Ukrainaga qurol yetkazib berish hajmi kamayganini ma’lum qildi, NATOda ham havo mudofaasi vositalari zaxirasi cheklangani aytilmoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Ayrim Yevropa davlatlarida Ukrainaga harbiy yordam hajmi qisqarayotgani yoki cheklanayotgani haqida bayonotlar ko‘paymoqda. Bu, ayniqsa, qurol zaxiralari tugab borayotgani va ishlab chiqarishni tez oshirish qiyinligi bilan izohlanmoqda.
Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish Ukrainaga harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish sezilarli darajada kamayganini ma’lum qildi.
“Biz yordam berishni davom ettiramiz. Albatta, ancha kam. Chunki berish mumkin bo‘lgan narsa allaqachon berib bo‘lingan”, — dedi u.
Polsha Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-2023 yillarda Ukrainaga berilgan harbiy yordam hajmi taxminan 4 milliard dollarni tashkil etgan. 2024-2026 yillarda esa bu ko‘rsatkich 412 million dollarga teng bo‘lgan.
Vazirning aytishicha, Ukrainaga tanklar, zirhli texnika, samolyotlar, vertolotlar, havo hujumidan mudofaa vositalari, artilleriya va tank o‘q-dorilari hamda boshqa harbiy texnikalar topshirilgan. Polsha, shuningdek, 30 mingdan ortiq ukrain harbiysini tayyorlagan.
Slovakiya ham Ukrainaga yangi harbiy moliyaviy yordam berishda ishtirok etmasligini bildirdi. Mamlakat NATO sammiti yakuniy hujjatini qo‘llab-quvvatlashi, ammo harbiy yordam bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ixtiyoriy masala deb bilishi ma’lum qilindi.

Shu fonda NATOda ham Ukraina uchun havo mudofaasi vositalarini yetkazib berishda muammolar borligi aytilmoqda. Alyans bosh kotibi Mark Rutte to‘xtatuvchi raketalar zaxirasi cheklangani va ishlab chiqarishni ko‘paytirish vaqt talab qilishini ta’kidladi.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, Ukraina ko‘proq "Patriot" tizimlari uchun raketalar va ballistik raketalarga qarshi havo mudofaasi vositalariga muhtoj. Biroq yaqin vaqt ichida zaxiralarni sezilarli darajada to‘ldirish imkoniyati cheklangan bo‘lib qolmoqda.

Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi Bolgarii i Yevropeyskogo soyuza na zdanii v Sofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Bolgariya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0