https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbekistan-oquvchilar-matematika-olimpiada-oltin-medal-57390214.html
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medal oldi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medal oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Gretsiyada o‘tayotgan 43-Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medal oldi. Qonunchilikka ko‘ra, mintaqaviy xalqaro olimpiadada oltin medal uchun o‘quvchiga 4,9 mln so‘m mukofot berilishi mumkin.
2026-05-07T16:28+0500
2026-05-07T16:28+0500
2026-05-07T16:34+0500
olimpiada
mukofot
oltin medal
o‘zbekiston
o‘quvchilar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/22/18/221822_0:0:3968:2232_1920x0_80_0_0_8af52f044a95787d1fa0baf331f1e8f3.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Gretsiyada o‘tayotgan 43-Bolqon matematika olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, 5 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqaning yakuniy natijalari e’lon qilingan va O‘zbekiston vakillarining barchasi oltin medal qo‘lga kiritgan. Ushbu olimpiada 3–8 may kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkazilmoqda.G‘oliblar quyidagilar:— Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali;— Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabi;— Javohir Anvarov — Termiz shahridagi 14-maktab;— Elshod O‘ralov — Termiz shahridagi 14-maktab;— Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.Ma’lumot uchun, 2025-yilda Bosniya va Gersegovinada o‘tkazilgan 42-Bolqon matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medal olgan edi. G‘oliblar qancha mukofot puli olishi mumkin?Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro fan olimpiadalari nufuzli xalqaro, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarga bo‘linadi. Bolqon matematika olimpiadasi Fan olimpiadalari markazi tomonidan mintaqaviy xalqaro olimpiada sifatida izohlangan.Prezident qaroriga muvofiq, mintaqaviy xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga BHMning 12 baravari — 4 944 000 so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Ushbu natijaga tayyorlagan o‘qituvchi uchun esa BHMning 50 baravari — 20 600 000 so‘m mukofot belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260423/mendeleev-olimpiada-uzbekistan-ishtirokchilar-medal-57092880.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/22/18/221822_496:0:3472:2232_1920x0_80_0_0_9e72fbf6f3e1a17a2140d36de3f6f0b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
olimpiada , mukofot, oltin medal, o‘zbekiston, o‘quvchilar, jamiyat
olimpiada , mukofot, oltin medal, o‘zbekiston, o‘quvchilar, jamiyat
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medal oldi
16:28 07.05.2026 (yangilandi: 16:34 07.05.2026) Bolqon matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik 5 nafar o‘quvchi oltin medal oldi. Qonunchilikda bunday natijalar uchun pul mukofoti ham nazarda tutilgan.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Gretsiyada o‘tayotgan 43-Bolqon matematika olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, 5 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqaning yakuniy natijalari e’lon qilingan va O‘zbekiston vakillarining barchasi oltin medal qo‘lga kiritgan. Ushbu olimpiada 3–8 may kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkazilmoqda.
— Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali;
— Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabi;
— Javohir Anvarov — Termiz shahridagi 14-maktab;
— Elshod O‘ralov — Termiz shahridagi 14-maktab;
— Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda Bosniya va Gersegovinada o‘tkazilgan 42-Bolqon matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medal olgan edi.
G‘oliblar qancha mukofot puli olishi mumkin?
Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro fan olimpiadalari nufuzli xalqaro, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarga bo‘linadi. Bolqon matematika olimpiadasi Fan olimpiadalari markazi tomonidan mintaqaviy xalqaro olimpiada sifatida izohlangan.
Prezident qaroriga muvofiq, mintaqaviy xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga BHMning 12 baravari — 4 944 000 so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Ushbu natijaga tayyorlagan o‘qituvchi uchun esa BHMning 50 baravari — 20 600 000 so‘m mukofot belgilangan.