Ikki kichik sayyoraga o‘zbek olimlarining nomi berildi

© Akademiya nauk UzbekistanaDve malie planeti nazvani v chest uzbekskix uchenix
Dve malie planeti nazvani v chest uzbekskix uchenix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
Yangi nomlar olimlarning asteroidlar fotometriyasi, o‘zgaruvchan yulduzlar va gamma-chaqnashlar bo‘yicha tadqiqotlariga berilgan xalqaro e’tirof bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Xalqaro astronomiya ittifoqining Kichik jismlar nomenklaturasi bo‘yicha ishchi guruhi ikki kichik sayyora - asteroidga o‘zbekistonlik olimlar Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomini berdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda ushbu osmon jismlari xalqaro astronomik kataloglarda (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi. Yangi nomlar WGSBN bulletenining 6-jild 11-sonida e’lon qilingan.
Rasmiy nomlash izohida Kamoliddin Ergashevning asteroidlarni o‘rganishga qo‘shgan hissasi qayd etilgan.
Olim 2007-yildan Astronomiya institutining asteroidlar tadqiqoti guruhida ishlab, ularning ravshanlik egri chiziqlari va fizik xususiyatlarini, shuningdek, asteroid juftliklari, klasterlari hamda qo‘shaloq tizimlarini tadqiq qilib kelmoqda. U 2024-yilda shu yo‘nalishda PhD darajasini olgan.
Otabek Burxonovga bag‘ishlangan rasmiy izohda esa uning 2000-yildan buyon Astronomiya institutida olib borayotgan ilmiy faoliyati e’tirof etilgan.
Olim asteroidlar fotometriyasi va ravshanlik egri chiziqlarini o‘rganish bilan birga, o‘zgaruvchan yulduzlar, gravitatsion linzalangan kvazarlar hamda gamma-chaqnashlarning keyingi optik kuzatuvlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan.
Ikki asteroid ham Chexiyaning Ondrjeyov observatoriyasida kashf etilgan: biri 1999, ikkinchisi 2001-yilda.
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
Asteroid yo‘nalishini o‘zgartish tajribasi uchun o‘zbekistonlik olimlarga NASA mukofoti berildi
Yangiliklar lentasi
0