Asteroid yo‘nalishini o‘zgartish tajribasi uchun o‘zbekistonlik olimlarga NASA mukofoti berildi

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
Obuna bo‘lish
Maydanak observatoriyasi teleskoplari orqali olib borilgan kuzatuvlar DART missiyasida asteroid orbitasidagi o‘zgarishni aniq hisoblashga imkon berdi. Ilmiy jamoa NASA tomonidan e’tirof etildi
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari — Galaktika astronomiyasi laboratoriyasi mudiri Otabek Burhonov va katta ilmiy xodim Kamoliddin Ergashev NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.
Mukofot “Double Asteroid Redirection Test” (DART) xalqaro kosmik missiyasi doirasida qo‘lga kiritilgan tarixiy ilmiy natijalar uchun berildi.
DART missiyasi insoniyat tarixida birinchi marta asteroid orbitasini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan sayyoraviy himoya tajribasi hisoblanadi. 2022-yil 26-sentabr kuni kosmik kema Didymos asteroidi yo‘ldoshi — Dimorphosga kinetik zarba berdi. Natijada Dimorphosning orbital davri o‘zgardi va bu o‘zgarish Yer hamda kosmik teleskoplar orqali aniq o‘lchandi.
O‘zbekistonlik olimlar missiyaning yerdan kuzatuvlar bo‘yicha ishchi guruhi tarkibida Maydanak observatoriyasi teleskoplari orqali ishtirok etdi.
Ular zarbadan oldingi va keyingi fotometrik kuzatuvlar asosida asteroid tizimi orbital davridagi o‘zgarishni hisoblab, tajribaning muvaffaqiyatini ilmiy jihatdan tasdiqladi.
NASAning “Group Achievement Award” mukofoti agentlikning yuqori e’tirof belgilaridan biri hisoblanadi.
RAN: Na Solnse propali vse patna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2026
Quyoshda barcha dog‘lar yo‘qoldi — bu nimadan dalolat beradi
Yangiliklar lentasi
0