SShA Eronda 300 dan ortiq nishonga zarba berdi, Tehron besh davlatda javob qaytardi

© AP PhotoDim posle udara v Kuveyte. Arxivnoe foto
Dim posle udara v Kuveyte. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
Obuna bo‘lish
AQSh uchta hujum to‘lqini davomida Eronda 300 dan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qildi. Tehron esa besh davlatdagi Amerika harbiy obyektlarini nishonga olganini bildirdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. AQSh harbiylari 12-iyulga o‘tar kechasi Eron hududiga navbatdagi keng ko‘lamli zarbalarni amalga oshirdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi hujumda qariyb 140 ta harbiy nishon zararlangan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ular orasida raketa va dron obyektlari, harbiy-dengiz infratuzilmasi, o‘q-dori omborlari, aloqa tarmoqlari va sohilni kuzatish punktlari bor. AQSh tomoni uch kecha davomidagi uchta hujum to‘lqinida Eronda jami 300 dan ortiq nishonga zarba berilganini ta’kidladi.
Vashington operatsiyani Eronning Ormuz bo‘g‘ozida yana bir tijorat kemasiga hujum qilgani bilan izohladi. Tehron esa AQSh mintaqadagi aralashuvini to‘xtatmaguncha bo‘g‘oz yopiq qolishini e’lon qildi.
Eron ham AQSh zarbalariga javoban Kuvayt, Qatar, Ummon, Bahrayn va Iordaniyadagi Amerika harbiy obyektlariga raketa va dronlar bilan hujum qilganini bildirdi.
Eron tomoniga ko‘ra, Kuvaytda Patriot havo mudofaa tizimi, o‘q-dori ombori va radiolokatsiya obyekti, Qatarda esa Al-Udeyd aviabazasi nishonga olingan. Ummonning Duqm portida harbiy-dengiz kuchlarini moddiy-texnik ta’minlash va kemalarga yoqilg‘i quyish obyektlariga zarba berilgani aytilmoqda.
Bahraynda aloqa uzellari va radiolokatsiya vositalari, Iordaniyadagi shahzoda Hasan aviabazasida esa qo‘mondonlik markazi hamda MQ-9 dronlari saqlanadigan angarlar nishonga olingani ma’lum qilindi.
Hozircha Eron tomoni ma’lum qilgan zarar ko‘lami AQSh va hujumlar amalga oshirilgan davlatlar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan.
SShA nanesli udari po 90 selyam v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
AQSh va Eron yana bir-birining obyektlariga zarba berishni boshladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0