Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va JSST YeOIIda oziq-ovqat xavfsizligi qoidalarini muhokama qildi

© Press-slujba YeIKVstrecha Aleksandra Subbotina s predstavitelyami Yevropeyskogo regionalnogo buro VOZ
Vstrecha Aleksandra Subbotina s predstavitelyami Yevropeyskogo regionalnogo buro VOZ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Obuna bo‘lish
YeIK va JSST Yevropa mintaqaviy burosi YeOIIda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tartibga solish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha vaziri Aleksandr Subbotin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy burosi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda YeIK va JSST Yevropa mintaqaviy burosi o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi muhokama qilindi.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytirish, xavfli mahsulotlarning bozorga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va iste’molchilarni himoya qilish masalalariga e’tibor qaratdi.
“YeIK va JSST o‘rtasidagi yaqin hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini huquqiy tartibga solish tizimini shakllantirish imkonini beradi. Bu tizim YeOII davlatlari milliy qonunchiligini JSST tavsiyalari va qo‘llanmalaridagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda uyg‘unlashtirishga asoslanadi”, — dedi Aleksandr Subbotin.
Uning ta’kidlashicha, bunday yondashuv iste’molchilarni yuqori darajada himoya qilish bilan birga, xalqaro savdo rivoji uchun ham qulay sharoit yaratadi.
Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tajriba almashish va inson salomatligiga ta’sir qiluvchi xavf omillarini tartibga solish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Ma’lumot uchun, YeIK va JSST Yevropa mintaqaviy burosi o‘rtasidagi 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan reja faqat oziq-ovqat xavfsizligi bilan cheklanmaydi. Unda dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi, infeksion va ommaviy noinfeksion kasalliklarning oldini olish, antibiotiklarga chidamlilik, sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ham nazarda tutilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
YeEK i YeABR podpisali memorandum o sotrudnichestve v Almati. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va YeOTB hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
Yangiliklar lentasi
0