Yoshlarni tarbiyalash: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

© Press-slujba RosdetsentraRosdetsentr i Sentr "Kelajak" Uzbekistana dogovorilis o sotrudnichestve v sfere vospitaniya
Rosdetsentr i Sentr Kelajak Uzbekistana dogovorilis o sotrudnichestve v sfere vospitaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2026
Obuna bo‘lish
Bitim ikki davlat ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tarbiyaviy ishlari, qo‘shimcha ta’limi sohasida hamkorlik qilish nzarda tutadi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Respublika "Kelajak" markazi va Rossiya bolalar-o‘smirlar markazi tarbiya va qo‘shimcha ta’lim sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi. Hujjat Moskvada "Kelajak" markazi direktori Indira Xoldarovaning safari davomida imzolandi.
Tashrif doirasida Xoldarova tashkilot direktori Aleksandr Kudrashov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bolalar va yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, kasbiy tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.
Aleksandr Kudrashov ta’kidlashicha, Rossiya Maoriya vazirligi ko‘magida markaz tarbiya sohasida xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi hamkasblar bilan hamkorlik mutaxassislar va yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan uzoq muddatli loyihalar uchun asos bo‘ladi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Indira Xoldarova kelishuv tarbiya, qo‘shimcha ta’lim va mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar nafaqat tajriba almashishdan, balki ilg‘or amaliyotlarni joriy etish va yosh avlodni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradigan barqaror hamkorlik mexanizmlarini yaratishdan ham manfaatdor.
Bitim ikki davlat ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tarbiyaviy ishlari, qo‘shimcha ta’limi sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, ilg‘or metodikalar almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Respublika "Kelajak" markazi O‘zbekiston prezidentining 2025-yil sentabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Markaz o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi, qo‘shimcha ta’lim tizimi mutaxassislariga uslubiy yordam ko‘rsatadi, 8 mingdan ortiq to‘garak va "KelajakKemp" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyatini ta’minlaydi. Markaz faoliyati davomida 50 mingga yaqin kishi ishtirokida maktab maslahatchilari uchun ikki mavsumlik kasbiy tanlov o‘tkazildi, respublika maktablari, bolalar bog‘chalari va oliy ta’lim muassasalarida "Kelajak soati" loyihasi ishga tushirildi.
Rossiya bolalar va o‘smirlar markazi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga asoslangan bolalar va yoshlarni tarbiyalash dasturlarini amalga oshiradi, shuningdek, tarbiyaviy ishlar sohasida ilg‘or tajribalar almashinuviga ko‘maklashib, xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.
Russkiy dom v Tashkente vnov organizoval dlya studentov letniy zapliv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Toshkentdagi Rus uyi talabalar uchun sap-suzish tadbirini tashkil qildi
Yangiliklar lentasi
0