Toshkentdagi Rus uyi talabalar uchun sap-suzish tadbirini tashkil qildi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Saplar, go‘zal Anhor kanali, yangi tanishuvlar va yovvoyi o‘rdaklar — Toshkentdagi Rus uyi talabalar uchun yana bir bor yozgi suzish tadbirini tashkil etdi.
Saplarda suzish talabalar uchun yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi “SUP GO UZ” sap-sorfing klubi bilan hamkorlikda bunday tadbirni ikki yildan beri o‘tkazib kelmoqda.
8 iyul kuni Anhor kanali bo‘yiga O‘zbekiston oliygohlari talabalari, shuningdek, Rossiya hukumati kvotasi asosida Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan 40 nafardan ortiq yigit-qiz yig‘ildi.
Sap-suzish Yapon bog‘i yaqinidagi Anhor kanali bo‘ylab tashkil etildi. Ishtirokchilarga sap-taxtalar, qutqaruv nimchalari, eshkaklar va ramziy kepkalar shu yerning o‘zida tarqatildi.
Start oldidan tajribali yo‘riqchilar sap-taxtada qanday to‘g‘ri turish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish va suzishdan zavq olish uchun taxtani qanday boshqarish kerakligini tushuntirib berishdi.
Ishtirokchilarni 2,5 kilometrlik masofa: “Morjklub” sport klubidan boshlab, Minor masjidi bo‘ylab, ko‘prik ostidan o‘tib, Yapon bog‘igacha va ortga qaytish kutayotgan edi.
Masofaning birinchi qismi biroz qiyin kechdi: talabalar oqimga qarshi suzishdi, yo‘lda esa kichik girdoblar ham uchradi. Qaytish yo‘li ancha yengil va maroqli bo‘ldi — ishtirokchilar oqim yordamida suzib, shahar manzaralari va kanal bo‘yidagi yovvoyi o‘rdaklardan zavqlanishdi.
Tadbir ishtirokchilari orasida sap-suzish bilan avvaldan tanish bo‘lganlar ham, sap-taxtaga ilk bor chiqqanlar ham bor edi. Murabbiylar butun yo‘nalish davomida talabalarni kuzatib, zarur paytda ularga yordam berib turishdi.
Suzish davomida talabalar bir-biri bilan tanishishga, suratga tushishga va sapda ilk bor turgan ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashga ham ulgurishdi.
Qirg‘oqqa qaytgach, ko‘pchilik tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ana shunday samimiy lahzalarda ishingni bejizga qilmayotganingni anglab yetasan”, — dedi Toshkentdagi Rus uyi vakili.
Suzish jarayonidagi muhit — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Sostoyalsya studencheskiy forum Era novix initsiativ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
“Yangi tashabbuslar davri” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0