Filmlarini O‘zbekistonda suratga olgan xorijiy kinokompaniyalar qo‘llab-quvvatlanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovProtsess sozdaniya kinematograficheskogo izobrajeniya
Protsess sozdaniya kinematograficheskogo izobrajeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Ularning xarajat summasi 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lsa, 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismi qaytariladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Bu Nizom O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish nazarda tutilgan xarajatlar summasi:

- 3 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz;
- 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz;
- 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz;
- 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Talabgor platforma orqali “rebate” dasturida ishtirok etish uchun belgilangan platforma orqali elektron arizabilan murojaat qiladi.

Talabgor tomonidan O‘zbekiston hududida tasvirga olish ishlari yakunlangandan so‘ng, amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar 60 kun ichida platformaga kiritilishi zarur.

Komissiya xarajatlarning “rebate” dasturiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani 15 ish kunida shakllantiradi.

“Rebate” dasturi bo‘yicha xarajatlarning bir qismi Komissiyaning ijobiy qaroriga muvofiq 5 ish kuni ichida xorijiy kinokompaniyaning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
O‘zbek rejissori “Yevroosiyo Kinofest” va kino san’ati rivojlanishi haqida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
O‘zbek rejissori “Yevroosiyo Kinofest” va kino san’ati rivojlanishi haqida
Yangiliklar lentasi
0