https://oz.sputniknews.uz/20260619/evroosiyo-kinofest-58462292.html
O‘zbek rejissori “Yevroosiyo Kinofest” va kino san’ati rivojlanishi haqida
O‘zbek rejissori “Yevroosiyo Kinofest” va kino san’ati rivojlanishi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Rashid Malikovning ishonchi komilki, “Yevroosiyo-Kinofest”ning asosiy vazifasi mamlakatlar va avlodlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni saqlashdan iborat. 19.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-19T19:04+0500
2026-06-19T19:04+0500
2026-06-19T19:04+0500
video
kino
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58462797_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_caf4d8ddf91d7c0aeb6596ff5dada357.jpg
O‘zbekistonlik rejissor, ssenarist va pedagog Rashid Malikov “Yevroosiyo-Kinefest”ga o‘zining “Paxta” to‘liq metrajli badiiy filmi bilan kelgan. Film xalqaro festivallarda qatnashib, katta qiziqish uyg‘otgandi. Endi uni Yevroosiyoning asosiy kino tadbirida namoyish etishdi.Film ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli hayoti parchalangan yosh oila haqida hikoya qiladi. Malikovning so‘zlariga ko‘ra, “Paxta” filmi Markaziy Osiyoning ko‘plab aholisiga yaqin bo‘lgan mavzuni ko‘taradi.Hikoya markazida – mintaqa aholisi duch kelayotgan mehnat migratsiyasi va ijtimoiy qiyinchiliklar ortidan oilaning parchalanishi.Malikov bu Markaziy Osiyo va boshqa hududlar uchun ham dolzarbligini ta’kidladi.“Paxta” filmi – nafaqat Malikovning mohir rejissorlik faoliyati, balki uning VGIKning Toshkent filialidagi pedagogik ishining ham mahsuli. Film ustida ishlash talabalar uchun kinoning ichkarisidan ko‘rish uchun haqiqiy imkoniyat bo‘lgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevroosiyo-Kinofest” o‘z filmlarini olib kelayotgan va o‘zlari haqida baralla gapirishga harakat qilayotgan yosh va g‘ayratli rejissorlar bilan to‘lib toshgan. Aynan shu bois forumni kelajak festivali deb ataydi.Markaziy osiyolik yosh rejissorlar haqida gapirayotib, Malikov bugungi kunda ular ko‘proq haqiqiy ijtimoiy muammolarga murojaat qilayotganini qayd etdi. Ularning diqqat markazida – oilaviy mojarolar, o‘zlikni bilish masalalari, iqtisodiy qiyinchiliklar va insoniy munosabatlar.Rejissor aynan bunday mavzular tomoshabinlar bilan unga tushunarli tilda suhbatlashishga qodir mazmunli kinolar yaratishga imkon beradi deb hisoblaydi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo kino uchun materiallarga boy, zero hayotning o‘zi katta ekranlar loyiq hikoyalarni taqdim etib turadi.Malikov uchun “Yevroosiyo-Kinefest” ma’nosi sovrin uchun tanlov bilan cheklanib qolmaydi. Uning ishonchi komilki, festivalning asosiy vazifasi mamlakatlar va avlodlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni saqlashdan iborat.“Agar bu kinofestivalning vazifasi san’at va mazmun orqali Yevroosiyo makonini birlashtirish, avlodlarni birlashtirish bo‘lsa, unda u buning uddasidan chiqmoqda. Nazarimda, bu yosh festival, va u Yevroosiyoning yosh ijodkorlarini birlashtirib, o‘z vazifasini 100 foiz bajarmoqda”, - deya qayd etdi rejissor.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/13/58462797_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_0e8d5c89a2cd7cff7794908c9f808cb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, kino, o‘zbekiston, video
video, kino, o‘zbekiston, video
O‘zbek rejissori “Yevroosiyo Kinofest” va kino san’ati rivojlanishi haqida
Eksklyuziv
Rashid Malikovning ishonchi komilki, “Yevroosiyo-Kinofest”ning asosiy vazifasi mamlakatlar va avlodlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni saqlashdan iborat.
O‘zbekistonlik rejissor, ssenarist va pedagog Rashid Malikov “Yevroosiyo-Kinefest”ga o‘zining “Paxta” to‘liq metrajli badiiy filmi bilan kelgan. Film xalqaro festivallarda qatnashib, katta qiziqish uyg‘otgandi. Endi uni Yevroosiyoning asosiy kino tadbirida namoyish etishdi.
Film ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli hayoti parchalangan yosh oila haqida hikoya qiladi. Malikovning so‘zlariga ko‘ra, “Paxta” filmi Markaziy Osiyoning ko‘plab aholisiga yaqin bo‘lgan mavzuni ko‘taradi.
Hikoya markazida – mintaqa aholisi duch kelayotgan mehnat migratsiyasi va ijtimoiy qiyinchiliklar ortidan oilaning parchalanishi.
“Filmdagi barcha voqealar oldingi Sovet Ittifoqi va hozirgi postsovet hududi bilan bog‘liq. Shu sababli u festival tomoshabinlariga yaqin bo‘ladi deb o‘ylayman”, - deydi rejissor.
Malikov bu Markaziy Osiyo va boshqa hududlar uchun ham dolzarbligini ta’kidladi.
“Men qishloqdan bo‘lgan, sodda va o‘qimagan ayolning taqdirini ko‘rsatishni istadim. Biroq shu bilan birga u mehribon, qalbida kiri yo‘q. Men bundan ijtimoiy drama qilishga urindim”, - dedi rejissor film namoyishidan oldin.
“Paxta” filmi – nafaqat Malikovning mohir rejissorlik faoliyati, balki uning VGIKning Toshkent filialidagi pedagogik ishining ham mahsuli. Film ustida ishlash talabalar uchun kinoning ichkarisidan ko‘rish uchun haqiqiy imkoniyat bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevroosiyo-Kinofest” o‘z filmlarini olib kelayotgan va o‘zlari haqida baralla gapirishga harakat qilayotgan yosh va g‘ayratli rejissorlar bilan to‘lib toshgan. Aynan shu bois forumni kelajak festivali deb ataydi.
“Bu kelajak festivali, yoshlar va shijoat festivali”, - dedi rejissor va bunday maydonlar turli mamlakatlarning, xususan, Markaziy Osiyo va Rossiya ijodkorlarini birlashtirishga yordam berishi va professional muloqot va tajriba almashish uchun makon yaratishini ta’kidladi.
Markaziy osiyolik yosh rejissorlar haqida gapirayotib, Malikov bugungi kunda ular ko‘proq haqiqiy ijtimoiy muammolarga murojaat qilayotganini qayd etdi. Ularning diqqat markazida – oilaviy mojarolar, o‘zlikni bilish masalalari, iqtisodiy qiyinchiliklar va insoniy munosabatlar.
Rejissor aynan bunday mavzular tomoshabinlar bilan unga tushunarli tilda suhbatlashishga qodir mazmunli kinolar yaratishga imkon beradi deb hisoblaydi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo kino uchun materiallarga boy, zero hayotning o‘zi katta ekranlar loyiq hikoyalarni taqdim etib turadi.
Malikov uchun “Yevroosiyo-Kinefest” ma’nosi sovrin uchun tanlov bilan cheklanib qolmaydi. Uning ishonchi komilki, festivalning asosiy vazifasi mamlakatlar va avlodlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni saqlashdan iborat.
“Agar bu kinofestivalning vazifasi san’at va mazmun orqali Yevroosiyo makonini birlashtirish, avlodlarni birlashtirish bo‘lsa, unda u buning uddasidan chiqmoqda. Nazarimda, bu yosh festival, va u Yevroosiyoning yosh ijodkorlarini birlashtirib, o‘z vazifasini 100 foiz bajarmoqda”, - deya qayd etdi rejissor.