https://oz.sputniknews.uz/20260708/trump-iran-sulh-tugash-58904674.html
Tramp Eron bilan sulh tuganini aytdi — harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin
Tramp Eron bilan sulh tuganini aytdi — harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan vaqtinchalik kelishuv yakunlanganini bildirdi. U Tehron rahbariyatini keskin tanqid qildi, Vashington esa Eron neftini sotishga berilgan vaqtinchalik ruxsatnomani bekor qildi.
2026-07-08T15:57+0500
2026-07-08T15:57+0500
2026-07-09T10:39+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
donald tramp
nato
tehron
aqsh – eron mojarosi
eron
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0e/47962773_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2d87c49aff14e90fc2fd2e68e4b48a59.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatishga doir kelishuvni “yakunlangan” deb atadi. Uning bayonoti Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tankerlarga hujumlar AQShning Erondagi yangi zarbalari va Tehronning javob harakatlari ortidan yangradi."Reuters" xabariga ko‘ra, Tramp bu haqda Anqaradagi NATO sammiti oldidan jurnalistlar bilan suhbatda aytgan. U Tehron bilan muzokaralarni davom ettirishni istamasligini bildirgan.Oq uy rahbari "Eron hukumati yovuz, kasal odamlar va AQSh bu rak o‘smadan xalos bo‘lishi kerak" dedi hamda "Tehron bilan muloqotni “vaqtni behuda sarflash” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan muzokaralardan natija ko‘rmayapti. AQSh prezidenti Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.Shu bilan birga, AQSh Eron neftini sotishga vaqtincha ruxsat beruvchi litsenziyani ham bekor qildi. Ushbu ruxsatnoma Eron nefti va neft mahsulotlari bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarga 21-avgustgacha imkon berishi kerak edi. Endi Tehronga bunday operatsiyalarni 17-iyulgacha yakunlash muddati berilgan.Eron tomoni esa AQSh va Isroilning yangi harakatlari memorandumni amalda samarasiz holatga keltirganini ta’kidlamoqda. Tehron Vashingtonni kelishuv shartlarini buzishda ayblamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260708/usa-iran-zarba-58894634.html
tehron
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0e/47962773_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_342e308e10acacb0375dcb22328d1a4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, donald tramp, nato, tehron, aqsh – eron mojarosi, eron, aqsh
dunyo yangiliklari, dunyoda, donald tramp, nato, tehron, aqsh – eron mojarosi, eron, aqsh
Tramp Eron bilan sulh tuganini aytdi — harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin
15:57 08.07.2026 (yangilandi: 10:39 09.07.2026) Bu bayonot Vashington va Tehron o‘rtasida harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatishga doir kelishuvni “yakunlangan” deb atadi. Uning bayonoti Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tankerlarga hujumlar AQShning Erondagi yangi zarbalari va Tehronning javob harakatlari ortidan yangradi.
"Reuters" xabariga ko‘ra, Tramp bu haqda Anqaradagi NATO sammiti oldidan jurnalistlar bilan suhbatda aytgan. U Tehron bilan muzokaralarni davom ettirishni istamasligini bildirgan.
“Menimcha, u yakunlandi. Men ular bilan ish ko‘rishni istamayman”, — dedi Tramp.
Oq uy rahbari "Eron hukumati yovuz, kasal odamlar va AQSh bu rak o‘smadan xalos bo‘lishi kerak" dedi hamda "Tehron bilan muloqotni “vaqtni behuda sarflash” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan muzokaralardan natija ko‘rmayapti. AQSh prezidenti Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.
Shu bilan birga, AQSh Eron neftini sotishga vaqtincha ruxsat beruvchi litsenziyani ham bekor qildi. Ushbu ruxsatnoma Eron nefti va neft mahsulotlari bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarga 21-avgustgacha imkon berishi kerak edi. Endi Tehronga bunday operatsiyalarni 17-iyulgacha yakunlash muddati berilgan.
"The Guardian" xabariga ko‘ra, Tramp memorandumni yakunlangan deb hisoblasa-da, AQSh muzokarachilari Eron bilan muloqotni davom ettirishi mumkinligini ham istisno qilmagan. Biroq prezidentning o‘zi Tehron bilan kelishuvga erishish imkoniyatiga shubha bildirgan.
Eron tomoni esa AQSh va Isroilning yangi harakatlari memorandumni amalda samarasiz holatga keltirganini ta’kidlamoqda. Tehron Vashingtonni kelishuv shartlarini buzishda ayblamoqda.