"Probeg"ni yashirish, giyohvandlik moddalar va zo‘ravonlik: Senat yangi qonunlarni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Obuna bo‘lish
Senat avtomobil "probeg"ini yashirish, maxsus huquqdan mahrum qilish muddatini qisqartirish, giyohvandlik moddalari va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni himoya qilishga oid qonunlarni ma’qulladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatida fuqarolar hayotiga bevosita ta’sir qiladigan bir qator qonunlar ma’qullandi. Ulardan biri ikkilamchi avtomobil bozoridagi aldov holatlariga — avtomobil “probeg”ini yashirishga tegishli.
Avtomobil "probeg"ini yashirganlik uchun javobgarlik
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlardan biri ikkilamchi avtomobil bozoriga tegishli. Unga ko‘ra, sotuvchi avtomobilning bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi o‘zgartirilgani yoki almashtirilganini bilib turib, bu haqda xaridorga aytmasa, javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bu o‘zgarish avtobozorda aldov holatlarini kamaytirish va xaridor huquqini himoya qilishga qaratilgan.
Haydovchilik yoki ov qilish huquqidan mahrum qilish muddati qisqarishi mumkin
Qonun loyihasida maxsus huquqdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha ham yangi tartib nazarda tutilmoqda.
Haydovchilik yoki ov qilish huquqidan mahrum qilingan shaxslar uchun jazo muddatini qisqartirish tartibi aniqlashtirilmoqda. Bu masalani faqat sud ko‘rib chiqadi, takroran huquqbuzarlik sodir etganlarga esa bunday yengillik berilmaydi.
Giyohvandlik moddalari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi normalar kiritilmoqda. Ularga ko‘ra, g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlashning o‘zi ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi..
Shuningdek, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda homiylik qilish yoki bunday jinoyatlar fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida xabar berish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar himoyasi kuchaytiriladi
Senat zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va bolalar himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga jabrlanganlar manfaatini ko‘zlab sudlarga davlat bojisiz murojaat qilish huquqi berilmoqda.
Sotrudnik DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Endi qoida buzilsa, jarima egasiga emas, “ishonchnoma”dagi haydovchiga rasmiylashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0