O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon, Jazoir va Gvineya-Bisau vakillari bilan muloqot qildi

© Baxtiyor Saidov/TelegramBaxtiyor Saidov provel peregovori s predstavitelyami Azerbaydjana, Aljira i Gvinei-Bisau
Baxtiyor Saidov provel peregovori s predstavitelyami Azerbaydjana, Aljira i Gvinei-Bisau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov Ozarbayjon elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazdi, Jazoirning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi va Gvineya-Bisau TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bir qator diplomatik uchrashuv va muloqotlar o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
TIV rahbari mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Uning O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
© Baxtiyor Saidov/TelegramBaxtiyor Saidov provel peregovori s predstavitelyami Azerbaydjana, Aljira i Gvinei-Bisau
Baxtiyor Saidov provel peregovori s predstavitelyami Azerbaydjana, Aljira i Gvinei-Bisau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Baxtiyor Saidov provel peregovori s predstavitelyami Azerbaydjana, Aljira i Gvinei-Bisau
Shuningdek, Saidov Jazoirning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Jamila Ashurdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Uchrashuvda joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirilgan rasmiy tashrif yakunlari, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston TIV rahbari Gvineya-Bisau tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar mexanizmini shakllantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish hamda BMT va Qo‘shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Glava MID Uzbekistana prinyal kopii veritelnix gramot ot novogo posla Kuveyta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
Saidov Kuvayt elchisini qabul qildi, TIVda Singapur, Eron va O‘mon bilan muloqotlar o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0